Issiqxona auksion savdosiga chiqarildi

Issiqxona auksion savdosiga chiqarildi

Tijorat banklaridan olingan kredit mablag‘larini o‘z vaqtida qaytarish bank va mijoz o‘rtasida rasmiylashtirilgan shartnoma shartlarining asosiy vazifalaridan biridir. Shartnoma shartlari buzilgan taqdirda sud tartibida ko‘rib chiqilib, hal etilishi belgilab qo‘yilgan.

Oltinsoy tumanida faoliyat yuritib kelayotgan “M.AGRO.E” mas’uliyati cheklangan jamiyati tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish maqsadida katta miqdordagi kredit mablag‘larini imtiyozli shartlar asosida rasmiylashtirishga erishadi.

Biroq, jamiyat rahbari berilgan imkoniyatdan oqilona foydalanmasdan kredit mablag‘larini maqsadli sarflamagani oqibatida kreditor oldida ham ayrim muammolarni yuzaga keltirdi.

Shundan so‘ng, ushbu masala sud tartibida ko‘rib chiqilib, qarzdor “M.AGRO.E” jamiyatidan 992 ming 732 AQSh dollari miqdoridagi kredit qarzdorligini undirish belgilanib, ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Oltinsoy tuman bo‘limiga yuborildi.

Byuroning tuman bo‘limi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida kredit qarzdorligi uchun garov mulki hisoblangan tumanning Mingchinor mahallasi hududida joylashgan umumiy yer maydoni 54 ming 900 m.kv bo‘lgan issiqxona va dala shiyponi binosi xatlovga olinib, realizasiya qilish maqsadida 9 mlrd. 120 mln. so‘m boshlang‘ich narx bilan onlayn auksion savdolariga chiqarildi. Ijro hujjatida belgilangan kredit qarzdorligi bartaraf etilgan taqdirda auksion savdolari to‘xtatilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!