Isroilning “Temir gumbaz” mudofaa tizimi Eron va uning ittifoqchilarining hujumiga dosh bera olmasligi mumkin
Isroilning “Temir gumbaz” havo hujumidan mudofaa tizimi Eron va uning ittifoqchilarining birgalikdagi hujumiga dosh bera olmasligi mumkin.
Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.
“Temir gumbaz” HAMAS kabi guruhlar tomonidan uchiriluvchi qisqa masofali raketalarni tutib olish uchun dunyodagi eng yaxshi tizimlardan biri sanaladi. Biroq Eron va Livandagi “Hizbulloh” guruhi ko‘proq imkoniyatlarga ega. Tehronda “Temir gumbaz” urib tushira olmaydigan dron va ballistik raketalarga mavjud, “Hizbulloh” esa o‘n minglab aniq boshqariladigan raketalarga ega. Agar ular Isroilga birgalikda hujum uyushtirsa, Temir gumbaz havo hujumidan mudofaa tizimida haddan tashqari yuklanish yuzaga keltirishi mumkin bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)