Isroilning Ostonadagi elchisi: Eron harbiy jinoyat qildi

Isroilning Ostonadagi elchisi: Eron harbiy jinoyat qildi

Ko‘p yillardan buyon Isroilga bilvosita hujum qilib kelayotgan Eron ilk bor to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berdi va bu bilan harbiy jinoyat sodir etdi, dedi Isroilning Qozog‘istondagi elchisi Edvin Natan Yabo Glusman Orda bilan suhbatda.

Uning ta’kidlashicha, Eronning o‘zi Isroilni dushman sifatida tanlagan, garchi mamlakatlarda baham ko‘radigan hech narsa bo‘lmasa ham, Eron monarxiyasi qulagunga qadar davlatlar normal munosabatlarni saqlab kelgan. 1 apreldagi Damashq zarbasi haqida diplomat Isroil nishonga olingan operasiya uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaganini aytdi.

«Biz hozir Eron kabi ulkan davlatga qarshi kurashyapmiz. U juda katta resurslarga va aholiga ega. Biz oddiy eronliklarga hech qanday qarshi emasmiz. Biz ularni ayollar ro‘molsiz yura olmaydigan, odamlarni gapirgani uchun o‘ldiradigan tuzum qurbonlari deb bilamiz. Bizning dushmanimiz faqat Eron rejimi, xalq emas», - dedi diplomat.

U Qozog‘iston-Isroil munosabatlariga yuqori baho berib, Isroil biznesi Qozog‘iston iqtisodiyotiga sarmoya kiritishni kengaytirishdan manfaatdor ekanini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!