Isroilning G‘azodagi hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 12300 nafarga yetdi

Isroilning blokadadagi G‘azo sektoriga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 12300 nafarga yetdi.
Bu haqda Falastin hukumatining G‘azodagi matbuot bo‘limi xabar berdi.
7 oktyabrdan beri Isroilning eksklavdagi hujumlari qurbonlari orasida 5000 nafar bola va 3300 nafar ayol bor.
Shuningdek, Isroil o‘qqa tutilishi oqibatida 200 tibbiyot xodimi, 22 fuqaro mudofaasi xodimi va 56 jurnalist halok bo‘ldi.
Bundan tashqari, G‘azo sektorining 30 mingdan ortiq aholisi jarohatlangan.
Yo‘qolganlar ro‘yxatida 6 ming kishi, jumladan, 4 ming bola bor.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)