Isroilga eng so‘nggi zamonaviy texnikalari ham nega yordam bera olmayapti?
Kuchli g‘oyasiz va maqsadsiz urush olib borayotgan bosqinchi isroilga g‘alaba qilish uchun zamonaviy texnikalari ham yordam bera olmayapti.
isroil gazetasi Yediot Ahronot:
⭕️ isroil armiyasi bosh shtabi urushdan aniq siyosiy maqsad yo‘qligidan xavotirda, bu esa natijaga erishishni qiyinlashtiradi.
⭕️ Ham shimoldagi keskinlik, ham janubda qo‘shinlar yetishmasligi tufayli armiya G‘azodagi zahira brigadalarini zudlik bilan faollashtirishga majbur bo‘ldi.
⭕️ Shunga qaramay, isroil hukumati generallarining hafsalasi pir bo‘layotgan bu operasiyaning kelajak maqsadini haligacha aniqlamadi.
⭕️ isroil harbiylari HAMAS o‘z jangovar kuchini saqlab qolish uchun uyushgan harbiy taktika, jumladan, kichik guruhlar va strategiyalardan foydalanayotganini tan oldi.