Isroilda yettita universitet ish tashlash e’lon qildi

Isroilda yettita universitet ish tashlash e’lon qildi

Isroilning yetti tadqiqot universiteti rahbariyati Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxuning mudofaa vaziri Yoav Galantani ishdan bo‘shatish haqidagi qarori munosabati bilan 27-martdan boshlab darslarni to‘xtatish niyatida ekanligini ma’lum qildi.

“Biz, tadqiqot universitetlari rahbarlari... Isroil demokratiyasi asoslariga putur yetkazuvchi qonunchilik jarayoni davom etayotgan bir paytda ertalab Isroilning barcha tadqiqot universitetlarida dars berishni to‘xtatamiz”, — deya universitet rahbarlarining so‘zlaridan iqtibos keltirgan Israel Hayom portali.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!