Isroil G‘arbiy sohildagi maktabni buzib tashladi

Isroil G‘arbiy sohildagi maktabni buzib tashladi

Isroil armiyasiga qarashli kuchlar Iordan daryosining g‘arbiy sohilidagi Tubas shahri yaqinida qishloq maktabini “ruxsatsiz qurilgan” degan bahona bilan buzib tashlagan. Bu haqda “Anadolu” agentligi xabar bermoqda.

Falastin Ta’lim vazirligi tomonidan ochilgan maktab buzilayotgan paytda o‘quvchilar uning yaqiniga yo‘latilmagan. Bu yerda badaviy oilalarning farzandlari ta’lim olar edi.

Eslatib o‘tamiz, G‘arbiy sohil 1995 yilda Falastin va Isroil o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, A, V va S hududlariga bo‘lingan. Unga muvofiq A va V hududlarining boshqaruvi Falastinga, G‘arbiy sohilning 61 foiz maydonini egallovchi S hududining boshqaruvi Isroilga berilgan.

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!