Isroil Eron va Hizbullohga tinch aholi o‘limi qizil chiziqda ekanligini aytdi
Isroil rasmiylari Eron va Livandagi "Hizbulloh" harakatiga ularning hujumlari natijasida tinch aholining o‘limi qizil chiziqdan o‘tishini bildirgan.
Bu haqda Isroil televideniyesining 12-kanali ma’lum qilgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu holatda Isroildan "nomutanosib javob" bo‘ladi. Bundan tashqari, Isroil rasmiylari fuqarolik infratuzilmasi yoki xorijdagi turli nishonlarga ehtimoliy hujumlarga tayyorlanmoqda. Shu bilan birga, Isroil razvedka xizmatlari boshqa mamlakatlarda bunday hujumlar tayyorlanayotgani haqida hozircha razvedka ma’lumotlarini olmagan.
Telekanalga ko‘ra, Isroil hukumati Erondan oldin Hizbulloh zarba berishini kutmoqda.
Avvalroq SNN telekanali manbalarga tayanib, Livan harakati Eronning niyatidan qat’i nazar, yaqin kunlarda Isroilga zarba berishi mumkinligi haqida xabar bergan edi.