Isroil dunyoda birinchi bo‘lib mo‘yna mahsulotlarini sotishni taqiqladi

Isroil dunyoda birinchi bo‘lib mo‘yna mahsulotlarini sotishni taqiqladi

Isroil moda sanoatiga tabiiy mo‘yna mahsulotlarini sotishni taqiqladi. Mo‘ynadan ilmiy va ma’rifiy maqsadlarda, shuningdek diniy marosimlarda foydalanish bundan mustasno. Mamlakat dunyoda birinchi bo‘lib bunday qarorni qabul qildi, deb yozmoqda Gazeta.uz

Taqiqlash to‘g‘risidagi hujjatni mamlakat atrof-muhitni muhofaza qilish vaziri Gila Gimliel imzoladi. Qonun 2021 yil dekabrda kuchga kiradi. «Mo‘ynali kiyimlar sanoati dunyo bo‘ylab yuz millionlab hayvonlarning o‘limiga sabab bo‘ladi va ularga ta’riflab bo‘lmaydigan shafqatsizlik va azob-uqubatlarni keltiradi», — dedi vazir.

Hayvonlarni himoya qiluvchi faollar 2009 yildan buyon Isroilda mo‘yna sotishni taqiqlashni talab qilishmoqda. Bunday tashkilotlardan biri bo‘lgan «Animals Now» hukumat qarorini «tarixiy voqea» deb atab, mo‘yna sotishni taqiqlashni mamlakat aholisining 86 foizi qo‘llab-quvvatlayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!