Isroil 7 oktyabrdan beri ilk bor G‘azoga yoqilg‘i oqishiga ruxsat berishga rozi bo‘ldi

Isroil hukumati 7 oktyabrdan beri birinchi marta G‘azo sektoriga yoqilg‘i olib kirishga ruxsat berish haqidagi kelishuvini e’lon qildi. Bu haqda Isroil OAVlariga mamlakat hukumatidagi manbalar xabar berdi.
Xabar qilinishicha, qaror "epidemik kasalliklar Isroilga yetib borishi"ning oldini olish maqsadida qabul qilingan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Isroil harbiy vazirlar mahkamasi AQSh so‘rovi asosida Falastin anklavining janubiy qismiga har kuni ikkita yoqilg‘i bakining kirishiga ruxsat berish taklifini bir ovozdan ma’qullagan.
Qayd etilishicha, yoqilg‘i BMT missiyalarining mintaqadagi suv ta’minoti va kanalizasiya infratuzilmasini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha sa’y-harakatlari doirasida ularning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlatiladi.
Tel-Avivning fikricha, bu qadam "Isroilga XAMASni yo‘q qilish uchun manevr qilish uchun zarur bo‘lgan xalqaro maydonni beradi".
"Tankerlar Hamasga yetib bormasa, G‘azo sektori janubidagi tinch aholiga BMTning Rafah o‘tish joyi orqali yetkaziladi", — dedi manbalar.