Islom Karimovning qizi Hollivuddagi 3 ta uyini sotuvga qo‘ydi

Islom Karimovning qizi Hollivuddagi 3 ta uyini sotuvga qo‘ydi

O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning kichik qizi Lola Karimova-Tillayeva va uning eri Timur Tillayev Hollivuddagi 3 ta uyini sotuvga qo‘ygan. Bu haqda telegramdagi "Zed News" kanali xabar berdi.

Los-Anjelesdagi bu uylar 2014 yilda sotib olingan bo‘lib, jami qariyb 19 mln. dollarga baholanmoqda. Ma’lumotlarga ko‘ra, ular bu uyda yashamagan, faqat ijaraga bergan.

Birinchi uy. 2007-2014 yillarda NFL yulduzi Reji Bush va uning o‘rtog‘i Kim Kardashyanga tegishli bo‘lgan 3 qavatli villa (suratda) $6,5 mln.ga baholangan. Uyda lift, kinoteatr, basseyn va spa bor.

Ikkinchi uy. Marokashcha uslubda qurilgan bu uy 6,4 mln. dollar bilan savdoga qo‘yilgan.

Uchinchi uy. Basseyn va barbekyu qiladigan maydonga ega bu uyning narxi 6 mln. dollar etib belgilangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!