Islom dinida shirk haqida nima deyilgan?

A A A
Islom dinida shirk haqida nima deyilgan?

Muslim.uz e’tiqodining asosi bo‘lgan shirk, uning turlari haqida berilgan maqolani chop etdi. Ushbu maqolani quyida to‘lig‘icha o‘qishingiz mumkin.

Arab tilida shirk so‘zi «ikki narsani tenglashtirish», «tengdosh qilish», «sherik qilish» degan ma’nolarni bildiradi. Uning shar’iy ma’nosi: Alloh ta’ologa zoti, fe’llari, ibodati va go‘zal ismu sifatlarida maxluqlarni tengdosh qilish, sherik qilish tushuniladi. Qur’oni Karimda shirk va uning o‘zagidan yasalgan so‘zlar 34 marta zikr qilingan bo‘lib, ularning barchasida ushbu gunoh qoralangan va undan qaytarilgan.

Shariatimizga ko‘ra, shirk eng og‘ir zulm, eng qabih jaholat va eng katta gunoh sanaladi. Undan qaytarish jamiki anbiyo alayhimussalomlar da’vatining asosi va samoviy shariatlarning mag‘zidir. Chunki, har bir nabiy va rasul albatta o‘z qavmiga: «Ey, qavmim! Allohga sig‘iningiz! Sizlarga Undan o‘zga iloh yo‘qdir», – degandir (A’rof surasi, 59-oyat).

Alloh taolo O‘ziga shirk keltirishdan Qur’oni karimning ko‘plab oyati karimalarida qaytargan. Jumladan, Nahl surasining 51-54 oyatlarida shunday degan: «Alloh: «Ikki (soxta) ilohni ma’bud qilib olmangiz! Albatta, U yagona ilohdir! Bas, Mendangina qo‘rqingiz!» – dedi. Osmonlardagi va Yerdagi barcha narsalar Uning mulkidir. Din (itoat qilish) Ungagina(bo‘lishi) vojibdir. Allohdan o‘zgasidan qo‘rqasizmi?! Sizlarda qaysi bir ne’mat bor bo‘lsa, albatta, u Allohdandir. Shuningdek, qachon sizlarga musibat yetsa ham faqat Ungagina yolvorasizlar. So‘ngra (U)sizlardan (o‘sha) musibatni daf etgach, sizlarning orangizdan bir to‘da(kimsalar chiqib) Parvardigorlariga shirk keltirurlar» (Nahl surasi, 51-54-oyat).

Muhtaram jamoat! Ulamolar shirk asosan ikki turga: katta shirk va kichik shirkka bo‘linadi deganlar. Katta shirk – Allohga biror-bir narsani sherik qilish, teng bilish va u zot bilan birga boshqa narsalarga ibodat qilishdir. U gunohi kabiralarning eng kattasidir. Allohning O‘zi saqlasin. Bu borada Haq taolo O‘zining kalomida shunday degan: «Albatta, Alloh O‘ziga shirk keltirish (gunohi)ni kechirmagay va(lekin) ana shundan boshqa (gunohlar)ni O‘zi xohlagan (banda)laridan kechirur. Kim Allohga shirk keltirsa, demak, u ulkan gunohni to‘qib chiqaribdi» (Niso surasi, 48-oyat).

Ikkinchisi, kichik shirk bo‘lib, u kishini Islom millatidan chiqarmasada unda bardavom bo‘lish katta shirkka olib borishi mumkin. Bunda kishi o‘sha ishdan darhol qaytishi va tavba qilishi lozim bo‘ladi.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Ey odamlar, ushbu shirkdan saqlaninglar, chunki, u chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroqdir», –dedilar. u zotga Allohning irodasi ila bir kishi: «Ey Allohning rasuli, agar u chumolining o‘rmalashidan ham maxfiyroq bo‘lsa, qanday qilib undan saqlanamiz?», – dedi. Shunda u zot sallallohu alayhi vasallam: «Ey Alloh, biz bilib turib, senga shirk keltirishimizdan panoh so‘raymiz, bilmaganimizga istig‘for aytamiz»,– denglar, deb javob berdilar (Imom Ahmad va Imom Tabaroniy rivoyat qilishgan).

Demak, shirk chumolining o‘rmalashidan ham maxfiy tarzda mo‘min kishi amallariga kirib qolishi mumkin ekan. Ulamolarimiz ushbu hadisni izohlab, shirk keltirish barcha solih amallarda, jumladan, duo, sajda, nazr, sadaqa kabi jismoniy va moliyaviy ibodatlarda ham bo‘lishi mumkin, deganlar.

Musulmon kishi o‘zining imon va e’tiqodiga binoan barcha hojatlarini so‘rashda faqat yagona Alloh taolodan so‘rashi va Uning O‘zigagina ibodat qilishi shart. Alloh taolo bu haqda shunday deydi: «...Bas, kimki Parvardigori bilan muloqotda bo‘lishdan umidvor bo‘lsa, u holda ezgu amal qilsin va Parvardigoriga ibodat qilishda hech kimni (Unga) sherik qilmasin!» (Kahf surasi, 110-oyat).

Shariatimiz ko‘rsatmalariga ko‘ra qabrlarni ziyorat qilish sunnat amallardandir. Chunki Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday marhamat qilganlar: «Sizlarga qabrlar ziyoratini taqiqlagan edim. Mana, endi qabrlarni ziyorat etavering, zero u sizlarga oxiratni eslatadi» (Imom Termiziy rivoyati).

Demak, qabristonga borganda u yerda yotgan marhumlarning ahvolini o‘ylab, undan har kim o‘ziga o‘git va ibrat olishi lozim bo‘lar ekan. Shuningdek, aziz-avliyolarning maqbaralarini, yaqinlarimizni qabrlarini ziyorat qilib turish Islom dinida savobli ishlardan sanaladi. Ammo buning ham o‘ziga yarasha tartib-qoidalari bor. Bugungi kunda ayrim vatandoshlarimiz yurtimizdagi ba’zi ziyoratgohlardagi maqbaralar va u yerdagi daraxtlarni muqaddas sanab, uni tavof qilish va unga sig‘inish kabi shirk amallarni qilayotganlari sir emas. Tilaklar ijobat bo‘ladi, deya qabristondagi daraxtlarga latta bog‘lash, qabrlar yoniga sham yoqish, qabr toshlarini o‘pish bid’at va xurofot amallardir. hech narsaga yaramaydigan oddiy bir lattani daraxtga bog‘lab, hojatim ravo bo‘ladi, deyish mantiqqa ham to‘g‘ri kelmaydi.

Ta’kidlab o‘tish joizki, qabrlar ziyorati oxiratni eslash uchundir. Ammo qabrlar ziyoratining asl mohiyatini unutib, aziz avliyolar qabrlariga borib, hojatlarini so‘raydigan, baxt yoki farzand yohud ishiga rivoj tilab, istaklarini sohibi qabrlardan so‘raydiganlar ham bor. Vaholangki, har qanday istak, tilaklarni faqat yolg‘iz Allohdan so‘ralishi kerak. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Allohni qo‘yib, qiyomat kunigacha ham (duoni) mustajob qila olmaydiganlarga iltijo qiladigan kimsadan ko‘ra kim ham adashganroqdir?! Holbuki, u (jonsiz but)lar o‘sha (mushrik)larning duolaridan g‘ofil (bexabar)dirlar» (Ahqof surasi, 5-oyat).

Hanafiy mazhabidagi mo‘’tabar manbalardan biri «Raddul muhtor» kitobida shunday deyilgan: «Avom xalq tarafidan o‘liklarga atab nazr qilish, Allohning do‘stlari qabrlariga ularga yaqin bo‘lish maqsadida tangalar tashlash, sham, chiroqlar yoqish botil va haromdir».

Muhtaram jamoat! Sarvari koinot Muhammad sallallohu alayhi vasallam hayotlik vaqtlarida Islom dini aqidalari, ahkomu usullarini sahobai kiromlarga mukammal ravishda yetkazganlar. Sahobalar, tobeinlar, tabaa tobeinlardan tortib to bizning asrimizgacha o‘tgan Islom ummati ulamolari, musulmonlarga Alloh qodir qilguncha shariat ahkomlarini tushuntirish, Islomga kirib qolgan bid’at va xurofotlar hamda irim-sirimlarga qarshi jiddiy kurashishda zo‘r mahorat ko‘rsatib kelganlar. Lekin shunga qaramay, musulmon xalqi o‘rtasida hanuz dinga zarracha aloqasi bo‘lmagan ba’zi bir urf-odatlar, asossiz e’tiqodlar hukm surib kelayotganligi achinarli bir holdir.

Ba’zi odamlar ayrim oy, kun, joy va odamlardan shumlanishlari va ular haqida yomon gumonda bo‘lishlari nodonlik va islom shariati ta’limotlaridan bexabarliklariga dalolatdir. Islomdan oldingi johiliyat davrida ham safar oyidan shumlanish odati bor edi. Barcha noto‘g‘ri e’tiqodlar qatori dinimiz bu kabi xurofotdan iborat fikrlarni ham to‘g‘riladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom bu borada bir qancha hadislar aytdilar.

Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: «Kasallikning yuqishi yo‘q, g‘ul yo‘q va safar yo‘q», – dedilar» (Imom Muslim va Imom Abu Dovud rivoyati).

Ya’ni, dunyodagi har bir narsa shu jumladan, xastalik yuqishi ham faqatgina Alloh taoloning irodasi bilan bo‘ladi. Hadisda zikr qilingan «G‘ul» johiliyat ahli tasavvuridagi bir jin bo‘lib, ular uni turli shakllarga kira oladi, odamlarni adashtirib ketib, turli balolarga uchratadi, degan e’tiqodni qilishar edi. Islom bu noto‘g‘ri e’tiqodni ham rad etdi. Shuningdek, johiliyat ahlining Safar oyi to‘g‘risida ham bid’at-xurofotdan iborat tushunchalari bor edi. Islom bunday asossiz e’tiqodlarni ham rad etib, oy-kunlarning hammasi Alloh taoloniki ekanini e’lon qildi.

Alloh taolo o‘zining kalomida biz ummati Muhammadga shirkning halokatga eltuvchi eng og‘ir gunoh ekanligi borasida hazrati Luqmoni hakimning o‘g‘illariga qilgan nasihatlarini ibrat qilib keltiradi. «Eslang, Luqmon o‘g‘liga nasihat qilib, degan edi: «Ey, o‘g‘ilcham! Allohga shirk keltirmagin! Chunki shirk ulkan zulmdir» (Luqmon surasi, 13-oyat).

Demak, otalar farzandlariga dunyoni qanday to‘plashni emas, oldin shu nasihatlarni qilib, ularga to‘g‘ri e’tiqod va tushunchalarni o‘rgatsalar foydali bo‘ladi. E’tibor bersak Luqmoni hakim birinchi navbatda o‘g‘illariga shirkdan ehtiyot bo‘lishni nasihat qildilar. Demak biz va farzandlarimiz birinchi navbatda shirk amallardan uzoq turishimiz kerak. Chunki shirk eng xatarli, butun solih amallarni yo‘qqa chiqaradigan, jahannamda insonni abadiy qoldiradigan gunohdir.

Hurmatli jamoat! Mav’izaning davomida mo‘min-musulmonlarni kofirga chiqarishning og‘ir gunoh ekanligi haqida suhbatlashamiz.

«Takfir» masalasini chuqurroq o‘rganib chiqsak, bu ish dinimiz asoslarini puxta bilmaslikdan kelib chiqqanini bilib olamiz. Takfirchilar qilayotgan ishini haq ekanligiga mo‘min-musulmonlarning ba’zi shariat ahkomlarini bajarmayotgani va ular aytayotgan gaplarni aytmayotganini dalil qiladilar. Haqli savol tug‘iladi, dinimizda ba’zi shariat ahkomlarini bajarmayotganlar kofir bo‘ladimi? Yo‘q, balki, unday kishilar osiy va gunohkor bo‘ladilar. Chunki imonning rukni ikkita: qalb bilan tasdiqlash va til bilan iqror bo‘lish. Demak, mana shu ikki ruknni bajargan odam mo‘min bo‘ladi va uni kofir deyishga hech kimning haqqi yo‘q!

Ash’ariya aqidaviy mazhabida shariat arkonlariga amal qilishni imon ruknlaridan sanalsada, biror amalni tark qilgan odamni, modomiki farzni inkor qilmas ekan, kofir deyilmaydi.

Moturidiya aqiydaviy mazhabimizdagi mo‘’tabar kitoblardan sanalmish «Aqidatut-Tahoviya»da shunday deyiladi: «Ahli qiblalardan birortasini gunohi tufayli kofir demaymiz. Modomiki, o‘sha gunohni halol hisoblamasa». Bu yerda «ahli qibla»dan murod, Payg‘ambar sallallohu alayhi vasallam keltirgan jami narsalarga imon keltirib, dinning asosiy ruknlaridan birortasini inkor qilmaganlar ko‘zda tutiladi va ularni gunohi kabira yoki gunoh tufayli kofir, deb hukm chiqarmaymiz.

Ba’zi oyat va hadislarda ma’lum bir gunohlarni qilganlarni kofir deb atalgan. Masalan, Qur’oni karimda shunday deyiladi: «Alloh nozil qilgan narsa (oyatlar) bilan hukm qilmaganlar – ana o‘shalar kofirlardir» (Moida surasi, 44-oyat). Bu oyatning taqozosiga ko‘ra, oyatlarga muvofiq hukm chiqarmagan kishi go‘yo kofir sanaladi, deb o‘ylash mumkin. Lekin Ibn Abbosdan shu oyat xususida naql qilinadiki, Allohning hududi (hukmlari)dan birortasini inkor etmay iqror va tasdiq etgan holda ularga muvofiq hukm qilmasa kofir bo‘lmaydi, balki fosiq (gunohkor) bo‘ladi.

Ahli sunna val jamoa ulamolari gunohi kabira qilgan mo‘min butunlay millatdan chiqib ketadigan kofir bo‘lmasligiga ittifoq qilganlar. Chunki kufr ikkiga bo‘linadi. E’tiqodiy kufr va amaliy kufrga (yoki Islomdan chiqaradigan kufr va majoziy kufrga). Ba’zi bir gunohlarni oyat va hadislarda kufr deb atalishi mubolag‘a tariqasida bo‘lib, odamni dindan chiqarmaydigan majoziy kufrdir.

Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam: «La ilaha illalloh» degan kishidan tiyilish (uning moli, obro‘si va joniga talofat yetkazmaslik) imonning aslidir. Bunday kishini hech bir gunohi uchun kofir sanamaymiz, uni biror gunoh amal sababli Islomdan chiqarmaymiz...», – dedilar(Imom Abu Dovud rivoyati). Ya’ni, imon kalimasini aytib, zohirida musulmonchilikka amal qilib turgan odamni gunohi tufayli Islom dinidan chiqarmaymiz.

Birovni kofir deyish oson ish emas. Chunki bu ishning orqasidan kelib chiqadigan hukmlar ham o‘ta xatarlidir. Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi va sallam: «Qachon kishi o‘z birodariga «Ey, kofir» desa, ikkovlaridan biri o‘shanday bo‘ladi», – deganlar (Imom Buxoriy rivoyati). Ya’ni, haligi odam kofir bo‘lmasa, uni kofir degan odamning o‘zi kofir bo‘ladi. Chunki musulmonni kofir deyishning hukmi shu. Birovni kofir deyishdan oldin bu gap o‘ziga qaytishi mumkinligini o‘ylab qo‘yish kerak bo‘ladi. Zero, bizning hozirgi zamonamizda musulmonlarni tafriqaga bo‘lib tashlash g‘arazi bilan gunoh amal qilganlarni kofirga chiqarish holatlari butun islom olamida ro‘y bermoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mahmud Muradov chexiyalik modelning qo‘lini so‘radi

Ўзбекистонлик собиқ UFC жангчиси иккинчи маротаба уйланиш арафасида.

Abduqodir Husanov «Barsa»ga o‘tishi mumkin — Deku uni «kelajak himoyachisi» deb biladi

Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.

Isroil mojarosiga aralashgan uchinchi davlat Eron tomonidan zudlik bilan jazolanadi

Бу ҳақда Ислом Республикаси Миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

"Shu dam olish kunlari AQSh Eronni keng ko‘lamli bombardimon qilishni boshlaydi" - manba

Қўшма Штатлар Эронни кенг кўламли бомбардимон қилишни бошлайди.

Dollar kursi yana keskin «quladi»

Марказий банк 2025 йил 24 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Isroil Eron bilan urush tugaganini rasman e’lon qildi

Бу ҳақда Исроил бош вазирининг идораси баёнот берди.

Eron Isroilga zarba berishni to‘xtatish shartlarini aytdi

Бу ҳақда Эрон миллий хавфсизлик олий кенгаши баёнотида айтилади.

Eron butun Isroil bo‘ylab zarbalar berdi — Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi

Фарс агентлиги маълумотларига кўра, Эрон бугун Исроилга ҳудудига ҳужумда Kheibar Shekan, Emad, Qadr ва Fattah-1 баллистик ракеталаридан фойдаланган.

Xitoy Rossiyadan keyin Eron tomoniga o‘tdi

Илгари хитойликлар нейтрал позицияни сақлаган, аммо Пекиннинг мавқеи Си билан Владимир Путин ўртасидаги телефон суҳбатидан кейин ўзгарди.

Eron Isroilni mag‘lubiyatga uchratganini ma’lum qildi

Бу ҳақда мамлакат Миллий хавфсизлик юқори кенгаши баёнотида келтирилган.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Rossiyaning Ukrainadagi harakatlari AQShga bog‘liq emas

Ғарб Украина бўйича олдиндан ҳеч қандай шарт қўймасдан зудлик билан ўт очишни тўхтатишни таъминлашга ҳаракат қилмоқда, деди Сергей Лавров.

O‘zbekistonlik ikki legioner futbolchi klubsiz qoldi

Ўзбекистонлик футболчилар Жасур Жалолиддинов ва Бобур Абдухолиқовнинг Озарбойжондаги фаолияти якунига етди.

Isroil Eron bilan urush paytida yo‘qotishlar va zararlar haqida ma’lumot berdi

Бу ҳақда Исроил бош вазири девонининг маслаҳатчиси Дмитрий Генделман маълум қилган.

Oq uyda g‘azab bo‘roni boshlandimi?

Кеча CNN телеканали Эрон билан урушнинг АҚШ ва Исроил томонидан эълон қилинган натижалари бўрттирилгани ҳақида мақола эълон қилди.

AQSh Eronga zarbalar natijasida yetkazilgan zararni qoplashi kerak

Бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири ўринбосари Саид Хатибзода маълум қилди/

Xitoyda kuchli suv toshqini tufayli 80 mingdan ortiq odam evakuasiya qilindi

Ҳар икки ҳудудда огоҳлантириш даражаси энг юқори даражага кўтарилди.

Irlandiya Isroilga iqtisodiy bosim o‘tkazishga tayyorlanmoqda

Янги қонун лойиҳаси ишғол қилинган Фаластин ҳудудларидан маҳсулот олиб киришни тақиқлайди.

Eronda Isroil foydasiga josuslikda ayblangan uch kishi qatl etildi

Бу ҳақда Эрон ОАВлари хабар бермоқда.

Eronga qarshi kampaniya hali yakunlanmagan, oldinda uning yangi bosqichi turibdi

Биз Эроннинг ядро ва ракета дастурларини бир неча йил орқага сурдик. Аммо биз ҳушёр бўлишимиз шарт.

Toshkent aeroportida qizlarni Turkiyaga fohishalik uchun jo‘natish bilan shug‘ullangan ayol ushlandi

Ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 135-моддаси (одам савдоси) билан жиноят иши қўзғатилган.

Kontrabanda yo‘li bilan olib kelingan 8,2 kg narkotik moddalar to‘xtatib qolindi

Таъкидлаш лозимки, мазкур шахслар муқаддам бир неча маротаба судланган бўлишларига қарамасдан, ўз хатоларидан тўғри хулоса чиқаришмаган.

Shakarsiz va yog‘siz qahva o‘lim xavfini kamaytiradi

АҚШлик олимлар кунига 1-2 финжон қора қаҳва ичиш ҳар қандай сабабдан ўлим хавфини 14 фоизга камайтиришини аниқлади.

Dneprga raketa hujumi: halok bo‘lganlar soni 8 nafarga yetdi, 150 dan ortiq kishi jarohat oldi

Бу ҳақда маҳаллий ҳокимиятлар хабар бермоқда.

Aftidan, kelishib olishdi. Ammo hali aniq emas

Исроил кейинги зарбалардан тийилишга ваъда берди.

Isroil tinchlik kelishuviga qaramasdan Eronga zarba berdi

Axios манбасига кўра, бугун Жо Байден Исроил бош вазири Биньямин Нетаньяхудан Эронга ҳужум қилмасликни сўраган. Аммо Нетаньяху фақат зарба масштабини қисқартиришга рози бўлган.

FOTOGALEREYA: Eronning bugungi hujumi Isroilni qay ahvolga soldi?

Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.

Senat Tanzila Norboyeva nomidan tarqalgani aytilgan xabarlarni rad etdi

Маълум қилинишича, бу каби хабарлар мутлақо асоссиз, ҳеч қандай ҳақиқатга тўғри келмайди.

Yaqin Sharqdagi vaziyat qanday?

Эроннинг ядровий иншоотларига зарбалар унинг ядровий дастурини тўхтата олмайди, деди Франция мудофаа вазири Лекорну.

Eron Qo‘shma Shtatlarning Qatardagi bazalariga 10 ta raketa va Iroqdagi bazasiga 1 ta raketa uchirgan

"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.

Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi AQSh bazalariga hujum yuzasidan bayonot berdi

Энди "ур ва қоч" даври тугади — агар бундай ҳужумлар яна такрорланса, АҚШнинг Ғарбий Осиёдаги мавжудлиги тезроқ емирилади, дейилади баёнотда.

Eron AQShning Qatar va Iroqdagi bazalariga raketa uchirdi

Шунингдек, Эрон Қўшма Штатларнинг Ироқдаги АҚШ кучларига ҳам ракета зарбалари берди, деб ёзмоқда Clash Report.

Furqat tumanida mahalla raisi hokimning haqorati ortidan vafot etdimi?

Йиғилишда маҳалла раислари зиммасига юклатилган вазифалар ижроси юзасидан топшириқлар берилган.

Zelenskiyni FPV-droni yoki snayper yordamida o‘ldirmoqchi bo‘lishganmi?

Тергов натижасига кўра, Россия томонидан ёлланган полшалик нафақахўр шахс қўлга олинган

Isroil zarbalari oqibatida Eronda taxminan 500 kishi halok bo‘ldi

“Эрон ҳуқуқ ҳимоячилари” инсон ҳуқуқлари ташкилоти эса ҳалок бўлганлар сонини деярли икки баробар кўпроқ деб баҳоламоқда.

Toshkentda 11 yoshli qiz tok urishi natijasida halok bo‘ldi

Фожиа 30 май куни тахминан соат 18.00 да Миробод туманида содир бўлган.

Тошкентда 11 ёшли қиз ток уриши натижасида ҳалок бўлди

Фожиа 30 май куни тахминан соат 18.00 да Миробод туманида содир бўлган.

Вашингтон Эрондаги ядровий объектлар тўлиқ йўқ қилинганига 100% ишонч ҳосил қилмаган

Биз Эронда режим алмашишини истамаймиз. Биз бунга уриниб ҳам кўрмаганмиз.

Дамашқдаги православ черковида содир этилган теракт оқибатида камида 20 киши ҳалок бўлди

У черковга кириб, аввал одамларга қарата ўт очган, сўнгра ўзини портлатган

9 ёшли қизини турмушга бермоқчи бўлган эркак қўлга олинди

Қизча тиббий кўрикдан ўтказилган ва унга нисбатан зўравонлик белгилар топилмаган. Аммо ҳодисанинг аниқ тафсилотлари ҳали ҳам маълум эмас.

АҚШ Эронга яна қачон ҳужум қилади?

Бу ҳақда Пентагон раҳбари айтиб ўтди.

Ўзбекистон фуқаролари Эрон ва Исроилни тезда тарк этиши кераклиги айтилди

Яқин Шарқдаги вазият кескин тус олаётгани, жумладан, АҚШ томонидан Эрондаги ядровий обектларга уюштирилган ҳужумлар, ва Яман ҳусийларининг аралашуви ортидан Ўзбекистон Ташқи ишлар вазирлиги фуқароларни фавқулодда огоҳлантирди.

Трампни АҚШ Конституциясини бузганликда айблашмоқда

АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.

АҚШнинг Эрон ядровий объектларига берган зарбаси: Жаҳон қандай муносабат билдирди?

перацияда B-2 Spirit бомбардимончилари ва Tomahawk қанотли ракеталари ишлатилди.

Бразилияда ҳаво шарида ёнғин чиққач, ерга қулади. Қурбонлар бор

Шар саватида жами 21 киши бўлган. Улардан 13 нафари, жумладан учувчи омон қолган

Сергелида аёллар жанжаллашиши ортидан жавобгарликка тортилди

Текширув жараёнида аниқланишича, аёллар тиббиёт муассасасига тан жароҳатлари билан мурожаат қилмаган.

АҚШ авиацияси Эрондаги учта ядровий объект — Фордо, Натанз ва Исфаҳонга ҳужум уюштирди —Доналд Трамп

Трамп кейинги постида бу АҚШ, Исроил ва бутун дунё учун тарихий палла эканини таъкидлаган.

Данғарада томорқада 55 мингдан ортиқ кўкнори, 40 дан ортиқ наша ўстирилгани аниқланди

Тегишли тартибда тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

Конгода "Колтан" кони қулаб тушиши оқибатида камида 21 киши ҳалок бўлди

Расмийларга кўра, юзга яқин одам қутқариб қолинган.

Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусининг беш нафар юқори мартабали аъзоси Исроилнинг ҳужумлари оқибатида ҳалок бўлди

Шунингдек, эрталаб Исроил мудофаа вазири Исраэл Кац Эроннинг Қум шаҳрида жойлашган уйга берилган зарба натижасида ИИҚКнинг Фаластин бўлими раҳбари Саид Изaдий ўлдирилганини эълон қилди.

Исроил Исфаҳондаги ядровий объектга зарба берди

ЦАХАЛ баёнотига кўра, Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари бугун Исфаҳондаги ядровий объектга ҳужум қилган.

Эрон АҚШга таҳдид қилди

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчининг NBC News телеканалига берган интервьюсида айтишича, агар АҚШ Исроилнинг ҳарбий операциясида иштирок этса, Эрон Яқин Шарқдаги америкалик ҳарбийларга зарба беради.

“Эрик” тўфони Мексикага етиб келди

Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.

Буюк Британия ва Венгрия Эрондаги дипломатлари мамлакатдан олиб чиқилганини эълон қилди

Венгрия эса Эрондаги ўз элчихонасини Озарбойжонга кўчирганини эълон қилди.

БМТ Исроилни болаларга нисбатан зўравонлик учун яна «қора рўйхат»га киритди

БМТ 2024 йилда болаларга қарши ҳарбий низолардаги зўравонликлар «мисли кўрилмаган даража»га етганини маълум қилди. Энг кўп ҳуқуқбузарликлар Ғазо ва ишғол этилган Ғарбий соҳилда Исроил армияси томонидан содир этилган.

Исроил Тебриз аэропорти атрофига ҳаво ҳужуми уюштирди

Исроил Эрон ҳудудида жойлашган стратегик нуқталарга навбатдаги ҳаво ҳужумларини амалга оширди. Эроннинг ISNA агентлиги хабарига кўра, зарбалар Шарқий Озарбайжон вилоятидаги Илхчи ҳудуди ва Тебриздаги Шаҳид Медени халқаро аэропорти атрофида амалга оширилган.