Ishtixon va Toyloq tumanlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo do‘konlari fosh etildi

Ishtixon va Toyloq tumanlarida qalbaki aksiz markali alkogol mahsulotlari sotayotgan savdo do‘konlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ishtixon tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Tupori” mahallasi hududidagi “J.B.” oilaviy korxonasining savdo do‘konida umumiy bahosi 243,8 mln so‘mlik 87 turdagi jami 5 886 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 43 turdagi 2 035 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Vorsin” mahallasi hududidagi “A.” MCHJga qarashli savdo do‘konida 79 turdagi jami 868 dona qalbaki aksiz markali alkogol va 10 turdagi 150 quti aksiz markasiz tamaki mahsulotlari sotuvga qo‘yilganligi aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!