Iroqda qum bo‘roni sodir bo‘ldi

Iroqda qum bo‘roni sodir bo‘ldi

Bahor boshlanishi bilan qurg‘oqchilik va iqlim o‘zgarishi kuzatilgan Iroqda qum bo‘roni sodir bo‘ldi.
Iroqning g‘arbidagi Anbar viloyatida boshlangan qum bo‘roni mamlakatning markaziy qismlariga ko‘chgach, Sog‘liqni saqlash vazirligi xavotirga tushdi.
Anbar viloyatini urgan qum bo‘roni mamlakat poytaxti Bag‘dod tomon yura boshladi. Iroq Meteorologiya Mudirligi, kuchli shamollar ta’sirida yuzaga kelgan qum bo‘ronining o‘lkaning g‘arbiy, shimoliy va markaziy qismlariga ta’sir qilganini ma’lum qildi va bu bo‘ronning ertadan boshlab mamlakat janubida ta’sir ko‘rsatishini ma’lum qildi.
Qum bo‘roni Anbar viloyatidan mamlakatning boshqa hududlariga tarqalgach, Sog‘liqni saqlash vazirligi barcha sog‘liqni saqlash muassasalarining cho‘kib ketish xavfidan ogohlantirilganini e’lon qildi.
Iroq Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan berilgan bayonotda, vazir Solih al-Hesnaviyning ko‘rsatmasi bilan qum bo‘roni sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan bo‘g‘ilish va nafas qisilishi holatlariga qarshi vazirlikning barcha sog‘liqni saqlash markazlari safarbar qilingani bildirildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!