Iqlimshunos-ekspert havoni ifloslantiruvchi omillarga to‘xtalib o‘tdi (VIDEO)

Iqlimshunos-ekspert havoni ifloslantiruvchi omillarga to‘xtalib o‘tdi (VIDEO)

Bugun iqlim o‘zgarishi sababli havoda chang massalarining to‘planishi nafaqat Toshkentda, balki Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyoning ko‘plab davlatlarida uchramoqda. Gidrometeorologiya ilmiy-tadqiqot instituti laboratoriya mudiri, iqlimshunos-ekspert Erkin Abdulahatov bu borada o‘z fikr va tavsiyalarini berib o‘tdi.

Mutaxassisning fikricha, yer yuzining markaziy qismida joylashgan ko‘plab mamlakatlar, Afrikaning shimoliy qismidan Xitoygacha bo‘lgan hududda joylashgan davlatlarda cho‘llashish jarayoni davom etmoqda va bu havoda chang massalari ko‘payishiga olib kelmoqda (xarita havolada).

Fakt!

PM2,5 — havodagi qattiq zarrachalar yoki shu kabi zarrachalarning suv bug‘i bilan birikishidan hosil bo‘lgan birikma bo‘lib, diametri 2,5 mikrometrgacha bo‘ladi (soch tolasidan 30 barobar kichik). PM «Particulate Matter» birikmasining qisqartmasi bo‘lib, «zarra moddalari» degan ma’noni bildiradi. 2,5 esa mikrometr kattalikdagi o‘lchov soni hisoblanadi. Havoni ifloslantiruvchi boshqa mayda zarrachalar ham bo‘lib, ularning kattaligiga qarab PM1, PM10 va PM100 kabi zarrachalar ustida kuzatuv va ilmiy tadqiqotlar olib boriladi.

JSST ko‘rsatkichlariga hech qaysi davlat amal qilmaydi

E. Abdulahatovga ko‘ra, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan standart asosida mezonlar ishlab chiqiladi, bu yil davomida 5 mkg/m(3), sutkalik 15 mkg/m(3)ga teng. Bu ko‘rsatkichlar biror-bir davlatning milliy standartlarida aks etmagan, chunki «Air Quality Index» platformasi qarorlar, tavsiyalar ishlab chiqish uchun yetarli platforma hisoblanmaydi, faqatgina ilmiy tadqiqot institutlariga har bir davlatning o‘z milliy standartlari borligi va ularni solishtirib, reytinglarni shakllantirish qiyin bo‘lganligi sababli 5 mkg/m(3) qiymat asosida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tavsiya etgan ma’lumot asosida shaharlar reytingini shakllantirish uchun qulay bo‘lgan qiymat hisoblanadi.

«Air Monitoring Tashkent» platformasi ishlab chiqilgan

2024 yilda Ekologiya vazirligi, Gidrometeorologiya agentligi va Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi mutaxassislari tomonidan chuqur tadqiqotlar asosida O‘zbekistonning milliy standartlari ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, havo ifloslanishining me’yori yillik 35 mkg/m(3), sutkalik 60 mkg/m(3) deya belgilandi.

«Taqqoslash uchun, dunyodagi hech bir davlatning standarti JSSTniki bilan teng emas. Hattoki Yevropa Ittifoqi mamlakatlari ham o‘z milliy standartlarini ishlab chiqqan. 2023–2024 yillarda Ekologiya vazirligi va Toshkent shahar hokimligi tomonidan milliy standartlarimiz asosida «Air Monitoring Tashkent» platformasi ishlab chiqilgan. Mazkur platforma orqali Toshkent shahridagi hududlar kesimida ma’lumotlar har soatda yangilab boriladi va ishonchli manba hisoblanadi», — deydi iqlimshunos-ekspert.

Shamol tezligi kamayib bormoqda

Mutaxassisning ta’kidlashicha, havo ifloslanishida «shamol guli» degan tushuncha bor, ya’ni atmosfera ifloslanishida shamol muhim rol o‘ynaydi. Dengizbo‘yi davlatlarida yil bo‘yi shamol oqimi yuqori bo‘lganligi sababli chang zarrachalari havoda muallaq to‘planib qolmaydi. Toshkentda esa 1950–1980 yillarda shamol shimoliy-sharqdan kirib kelgan va shaharda aylanib, «shamol guli»ni hosil qilgan. 1990-2020 yillarda esa «shamol guli» o‘zgardi, ya’ni shamol oqimining kirib kelishi va shamol harakati kamaygani sababli Toshkent chang zarrachalari havoda muallaq to‘planib qoladigan hududga aylandi.

«Toshkentda o‘tgan asrda shamol tezligi 1,7 metr/sekundga, 1981–2010 yillarda esa 1,4 metr/sekundga teng bo‘lgan. So‘nggi 5 yillikda esa 1,3 metr/sekundga tushib ketgan. Toshkentning tog‘lar bilan o‘ralganligi ham shamol harakatiga to‘sqinlik qiladi. Bundan tashqari, poytaxtda tartibsiz qurilayotgan baland binolar ham shamolning harakatlanishiga xalal bermoqda. Bu esa poytaxtda chang zarrachalarining muallaq turib qolishi va havoning ifloslanish darajasi ortishiga olib kelmoqda», — deydi E.Abdulahatov.

Biz yashillik deganda, odatda, daraxtlarni tushunamiz. Lekin aslida yashilllikka gazonlar va daraxt aralash butalar ham kiradi.

«2016 yilga nisbatan 2023 yilda qurilish maydonlari 2 barobarga ko‘paygan va natijada yashil maydonlar ikki barobar kamaygan. Ya’ni daraxtlarga qaraganda yashil gazonlar keskin kamayib ketgan», — deydi mutaxassis.

Issiqlik oroli

Erkin Abdulahatov «Issiqlik oroli» tushunchasiga ham alohida to‘xtalib o‘tdi.

«Toshkentda 2016 yildan keyin haroratning keskin ko‘tarilishi kuzatilmoqda. Bu esa tabiiyki ko‘p qurilish bo‘layotgan va yashillik darajasi kamaygan hududlarda harorat yuqori darajada saqlanib turishiga olib kelmoqda. Bu esa Toshkentda »issiqlik oroli« tushunchasini keltirib chiqarmoqda», — dedi mutaxassis.

Iqlimshunos Toshkent shahri atmosferasiga avtomobillar hamda og‘ir va yengil sanoat korxonalaridan chiqayotgan zararli tashlamalar ham salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Putinga Ukrainadan "qo‘ng‘iroq qilishdi"

Россия президенти Владимир Путинга Украинадан одамлар "яширин тарзда" қўнғироқ қилган.

Ukraina bir zarba bilan Rossiyaning qo‘mondonlik punktini yo‘q qildi

Россия армиясига қаттиқ зарба – қўмондонлик йиғилиш вақтида йўқ қилиб юборилди.

Ikkilanmay zarba beramiz: AQSh Rossiyaga ochiq tahdid qildi!

Москвага огоҳлантириш. Россия учун оғир кунлар яқинми?

Xitoyda 125 million yillik chayon topildi! Ilmiy sensasiya!

Хитойда 125 миллион йиллик чаён тошқотмаси топилди.

Rossiya AQShga rad javobini berdi: Urush tugamaydi!

Россия АҚШ таклифини қабул қилмади. Украина бўйича келишув имконияти қолмадими?

Abduqodir Husanovning narxi rekord darajada ko‘tarildi

Жаҳонга машҳур Transfermarkt интернет-портали Англия Премьер-лигасида ҳаракат қилаётган футболчиларнинг трансфер нархларини янгилади.

Favqulodda Xabar! Ukraina Qo‘shinlari Sudjani tark etdi

Украина қўшинлари Суджадан чекинди – бу нимани англатади?

Nursulton Ro‘ziboyev: "Mashrabjonning ahvolini ko‘rib, UFC tugul, umuman boshqa jang qilishini xohlamadim"

Ўзбекистонлик UFC жангчиси Нурсултон Рўзибоев укаси Машрабжоннинг Жаред Гордонга қарши бекор бўлган жанги ҳақида гапирди.

Ukrainaning yangi daxshatli quroli ko‘rsatildi: Rossiyaga yangi "Neptun" bilan zarba berildi

Украинада 1000 километр узоқликка учувчи янги "Узун Нептун" қанотли ракетаси мавжуд ва у аллақачон уни Россияга қарши қўллади.

"Real"ga gol urgan o‘zbekistonlik futbolchi Eron klubiga o‘tishga yaqin!

Ўтган мавсумни Қозоғистоннинг "Ордабаси" жамоасида ўтказган Жасурбек Яхшибоев Эрон чемпионатига кўчиб ўтиши мумкин.

Suv ostida ko‘rilgan eng ulkan tirik mavjudot: U 34 metr uzunlikda va Napoleon davridan beri yashab kelmoqda

Океаннинг ўзидан пайдо бўлган маржон рифлари ернинг хазинаси ҳисобланади, чунки улар кўплаб денгиз жонзотларига бошпана беради ва...

Rossiyaliklar rekord sur’atda o‘lmoqda

2024-йил якунларига кўра, Россияда табиий йўқотиш – яъни вафот этганлар ва туғилганлар сони орасидаги фарқ 596,2 минг кишини ташкил этди.

Qurbon hayiti kuni qo‘y so‘yishni to‘xtatishga chaqirdi

Бу йил ёғингарчилик 30 йиллик ўртача кўрсаткичдан 53 фоизга кам бўлиб, натижада чорва учун яйлов етишмайди.

Ruslar Putinga qarshi chiqdi

"Россия Путинга қарши" юриши бошланди.

Rossiya qurilish maydonlarida O‘zbekiston, Tojikiston va Qirg‘iziston muhojirlarini o‘rnini egallaydigan millat paydo bo‘ldi

Мутахассиснинг таъкидлашича, сўнгги пайтларда ўзбекистонликлар учун Россия бозорининг жозибадорлиги пасайган, чунки уларнинг ўз ватанида иқтисодиёт ва қурилиш соҳаси жадал ривожланмоқда.

Bugun Rossiyadagi eng katta iftorlik o‘tkaziladi

Бугун, 19 март куни Қозон шаҳрида Россиядаги энг катта Рамазон ифторлиги ўтказилади. Бу ҳақда Татаристон мусулмонлари диний бошқармаси раиси, муфтий Камил Самигуллин РИА Новостига маълум қилди.

Yaman husiylari Isroil aviabazasiga gipertovushli raketada zarba berdi

Исроил Ғазо секторини ўққа тутишни тиклашига жавобан, Яман ҳусийлари Негев чўлида жойлашган Исроил ҳарбий-ҳаво кучлари базасига «Фаластин-2» гипертовушли ракетасида зарба беришди. Al Masirah телеканали бу ҳақда ҳусийларга асосланиб хабар тарқатди.

Rubl qulamoqda! Putin va Tramp suhbatidan so‘ng bozorlar larzaga keldi

Рубль йўналишини ўзгартириб, яна тушишни бошлади...

Putin Ukraina qo‘shinlarini tor-mor etish yakunlanayotganini e’lon qildi

Путиндан муҳим баёнот! Россия операцияни якунламоқда.

Zelenskiy Donald Tramp va Vladimir Putin o‘rtasidagi suhbatga munosabat bildirdi

Путиннинг Украинага ёрдам бермаслик талаблари бизни кучсизлантиришга қаратилган

Yil boshidan buyon qancha egizak tug‘ilgani aytildi

2025 йилнинг январ-феврал ойларида ФҲДЁ органларида республика бўйича жами 135 914 та тирик туғилиш ҳолатлари қайд этилган.

Ular bir-birini topdi

Трампнинг махфий суҳбатлари фош бўлди.

Rossiya uchirgan urush droni Qozog‘istonga yetib keldi

Россия томонидан Украинага учирилган "Шаҳед" дронларидан бири Қозоғистонга қулади.

Putinning buyrug‘i: Rossiya o‘z dronlarini o‘zi urib tushirdi

Ғалати ҳолат. Россия ўз дронларини нега уриб туширди?

Qon to‘kishdan zavqlanadigan shaxs yana vazir etib tayinlandi

Бен-Гвир январь ойида ўт очишни тўхтатиш келишувига норозилик билдирган ҳолда Исроил ҳукуматидан истеъфога чиқди ва Ғазо секторида жанглар қайта бошланганидагина Нетаняху коалициясига қайтишини кўриб чиқишини айтган эди.

🔥 Kurskda Rossiyaga g‘alaba keltirgan "dron inqilobi" – yangi taktika qanday ish berdi?

Дронлар уруш қоидаларини ўзгартиряпти. Янги дрон тактикаси Россиянинг Курскдаги ғалабасини таъминлади.

Tramp Putin bilan suhbatdan so‘ng unga ta’rif berdi

Tramp Путин билан суҳбати ҳақида гапирди.

Zelenskiy va Tramp suhbati bir soat davom etdi

Улар нималар ҳақида суҳбатлашди?

🔴 Qonxo‘rlik: G‘azoda yahudiylar urushni qaytadan boshladi. Allaqachon 183 bolaning qoni to‘kildi

Исроилнинг янги ҳужумлари – Ғазо яна аланга ичида!

Ukraina zarba berilmasligi kerak bo‘lgan ob’ektlar ro‘yxatini taklif etmoqda

Путин ваъда берди, аммо ҳужумлар давом этяпти – Зеленскийдан жавоб!

AQSh Zelenskiyning o‘rniga kimni olib kelmoqchi? Bu borada yashirin harakat allaqachon boshlandi

Зеленскийнинг келажаги хавф остида. Зеленскийга муқобил номзод ким бўлиши мумкин?

Turkiyada norozilik namoyishlari boshlandi

Ҳуқуқ-тартибот ходимлари уларни тарқатишда кескин чораларни қўлламоқда.

Leningradda Mi-28 vertolyoti qulab tushdi

Хабар қилинишича, вертолёт экипажи ҳалок бўлган.

Turkiya xavfsizlik kuchlari Istanbul meri Ekrem Imomog‘luni qo‘lga oldi

Яқинда Истанбул университети Бош прокуратура сўровига кўра мэрнинг дипломини бекор қилди.

Shimoliy Makedoniyada yong‘in bilan bog‘liq hodisa uchun o‘n kishi hibsga olindi

Дастлабки маълумотларга кўра, ёнғинга пиротехника воситаларидан фойдаланиш сабаб бўлган.

Putin va Tramp Eron masalasini ham muhokama qildi

Бу ҳақда Оқ уйнинг икки давлат раҳбарларининг музокаралари якунлари бўйича ёзма баёнотида айтилади.

Tramp Rossiyaning nodir yer metallarini sotib olmoqchi

Бу ҳақда АҚШ президенти Доналд Трамп Fox News телеканалига берган интервьюсида айтиб ўтди .

Polsha prezidentligiga nomzod LGBT ko‘rgazmasini buzdi

Бу ҳақда ТВП Инфо хабар берди .

Isroil G‘azodagi janglarni davom ettiradi

Бу ҳақда яҳудий давлати бош вазири Бенямин Нетаняху телевидение орқали халққа мурожаатида маълум қилди.

Pentagon fuqarolik xodimlarini 50 mingga qisqartiradi

Бу ҳақда Associated Press Пентагон вакили баёнотига таяниб хабар берди.