Iordaniya G‘azoga navbatdagi havodan gumanitar yordam yuklarini tashladi

Iordaniya G‘azoga navbatdagi havodan gumanitar yordam yuklarini tashladi

Iordaniya harbiylari 23 aprel kuni ocharchilik changalida qolgan G‘azoga havodan gumanitar yordam yuklarini tashladi. Bu haqda CNN nashri xabar berdi.

Iordaniyaning Petra nashri xabariga ko‘ra, Iordaniya harbiylari G‘azo shimolidagi bir nechta ob’ektlarga yetti marta havodan gumanitar yordam yuklari tashlagan.

Petra manbasining aytishicha, Iordaniya 7 oktyabrdan beri G‘azoga 87 marta havodan gumanitar yordam yuborgan. 209 ta xalqaro yordam dasturida ishtirok etgan.

23 apreldagi yordam dasturi AQSH, Misr va Germaniya bilan birgalikda amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!