"Instagram"da fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigitcha qo‘lga olindi

"Instagram"da fuqarolarni chuv tushirib kelgan 18 yoshli yigitcha qo‘lga olindi

Samarqand viloyati, Samarqand shahrida yashovchi 20 yoshli (ayol) B.X. IIOga murojaat qilib, bank kartasidan 2.400.000 so‘m miqdoridagi pul mablag‘lari noma’lum shaxs tomonidan firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirilganligini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sirdaryo viloyati, Guliston shahrida yashovchi 18 yoshli M.A. sodir etganligi aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov harakatlariga jalb etilgan, M.A. “Instagram” ijtimoiy tarmog‘i orqali “Iphone 12pro” sotiladi deya yolg‘on e’lon joylashtirgan va bu e’longa ishongan jabrlanuvchi (ayol) B.X. bilan telefon orqali gaplashib, uni ishonchiga kirish orqali, oldindan 2.400.000 so‘m miqdoridagi pullarni o‘zining foydalanuvida bo‘lgan bank kartasiga o‘tkazib olgan va yozishmalarni o‘chirib yuborib, uning qo‘ng‘iroqlariga javob bermay, qora ro‘yxatga kirgazib qo‘ygan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi "b" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, M.A.ning sodir etilib, fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligini tekshirish maqsadida tergov, tezkor-qidiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

Qonunga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi "b" bandidagi jinoiy xatti-harakatlar uchun 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!