Indoneziya poytaxti ko‘chirish qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Indoneziya poytaxti ko‘chirish qachondan boshlanishi ma’lum bo‘ldi

Dunyo okeanida suv sathining ko‘tarilishi ortidan Indoneziya hukumati poytaxt Jakartani boshqa hududga ko‘chirmoqchi.

Ekspertlarning ma’lumotlariga ko‘ra, 2050 yilga kelib, Indoneziya poytaxti Jakartaning uchdan bir qismi suv ostida qoladi. 10 mln ortiq aholi istiqomat qiluvchi shahar okean suv sathining ko‘tarilishi oqibatida g‘arq bo‘ladi. Toshqinlardan tashqari ayni damda poytaxt aholi bilan haddan tashqari to‘lib-toshgani, suv ta’minoti va kanalisaziya tizimidagi muammolar hamda transport tirbandliklaridan aziyat chekmoqda.

Indoneziya Prezidenti Joko Vidodo mamlakat mustaqilligi kuni munosabati bilan xalqqa yo‘llagan murojatida poytaxtni Jakartadan qo‘shni Kalimantan oroliga ko‘chirish to‘g‘risida qaror qabul qilganini ma’lum qildi.

"Poytaxt bu shunchaki millat birligi ramzi emas. Bu shahar mamlakat aholisining erishgan yutuqlarini namoyish etadi. Bizga zamonaviy va muvaffaqiyatli Indoneziyaning timsoli kerak", deya ta’kidladi prezident. Yangi poytaxt aynan orolning qaysi hududida joylashuvi bo‘yicha aniq ma’lumotlar yo‘q. Hozirda Jakartaning ayniqsa, shimoliy qismlari toshqinlardan qattiq aziyat chekmoqda. Shaharning ushbu hududi yiliga 10 sm suv ostida qolmoqda. Indoneziya hukumati rejasiga ko‘ra, poytaxtni Yava orolidan Kalimantanga ko‘chirish ishlari 2021 yili boshlanadi va bu jarayon taxminan 10 yilga cho‘ziladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!