Ilon Mask OAVga ajratiladigan davlat xarajatlarini qisqartiradi

Hukumat samaradorligi departamenti (DOGE) tejamkorlik siyosati doirasida bir qator Amerika ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan moliyalashtirishni bekor qilmoqda.
Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Livittning aytishicha, Politico nashri obuna va boshqa davlat shartnomalari orqali 8,4 million dollar olgani ma’lum bo‘lganidan keyin boshqa bir tiyin ham olmaydi.
Kerolayn Livittning ta’kidlashicha, DOGE jamoasi endi bu to‘lovlarni bekor qilish ustida ishlamoqda va "Amerika xalqi manfaatlariga xizmat qilmaydigan" har qanday xarajat kamayadi.
Yahoo News ta’kidlashicha, Politico so‘nggi yillarda hukumat mablag‘larini oladigan yagona axborot agentligi emas. USASpending.gov, Associated Press hukumatdan 619 968 dollar, Reuters 3,1 million dollar olishi kutilmoqda, The New York Times esa AQSh hukumati tomonidan 378 266 dollar mablag‘ olgan.
Ushbu hukumat obunalari Ilon Mask tomonidan tanqid qilindi:
«Soliq to‘lovchilarning mablag‘laridan samarasiz foydalanish. Bu keraksiz xarajatlar olib tashlanadi», – dedi u.
U X da "ko‘plab ommaviy axborot vositalari daromadlarning sirli pasayishiga duch kelmoqda", deb yozgan.