Ilon Mask ko‘p milliard dollarlik hukumat shartnomalarini oladi

Texnologik milliarder Donald Tramp bilan yaqin hamkorligi tufayli ko‘p narsa yo‘qotdi , ammo yo‘qotishlar bunga arziydi – AQSh prezidenti milliardlab dollarlik davlat shartnomalari bilan do‘stiga minnatdorchilik bildirishga tayyorlanmoqda.
SpaceX allaqachon AQSh hukumati bilan 22 milliard dollarlik shartnomalarga ega, deb xabar beradi Fortune jurnali. Maskning kompaniyalari, shuningdek, 38 milliard dollarlik davlat grantlari, kreditlari, subsidiyalari va soliq imtiyozlaridan ham foyda ko‘radi, deb yozadi Washington Post.
▫️Pentagon SpaceX raketalarini dunyo bo‘ylab harbiy yuklarni tezkorlik bilan yetkazib berish usuli sifatida ko‘radi.
▫️Tramp ma’muriyati Internetga keng polosali ulanishni kengaytirish uchun Starlink sun’iy yo‘ldosh internetidan foydalanmoqda. New York Times gazetasiga ko‘ra, birgina ushbu shartnoma 45 milliard dollarga baholangan. AQSh Savdo vazirligi ham Starlink'dan qishloqni rivojlantirish tashabbusining bir qismi sifatida foydalanmoqchi.
SpaceX Pentagonga raketalar uchun yangi uchirish maydonchalarini qurish hamda Florida va Kaliforniyadagi hukumat kosmodromlaridan uchirilish chastotasini oshirish uchun arizalar topshirdi. So‘rovlardan biri, New York Times xabariga ko‘ra, allaqachon ma’qullangan: Kanaveral kosmodromidan Falcon 9 uchirilishining yillik soni ikki barobarga, 120 taga etadi.
Endi Mask Marsga diqqatini qaratish uchun NASA'ga bosimni kuchaytirmoqda. U tarixda birinchi marta odamlarni bu uzoq sayyoraga yuborish uchun yangi hukumat shartnomalarini olmoqchi.