Ijtimoiy tarmoqlarda mashxur bo‘lib ketgan turkiyalik mergan maxfiy xizmat xodimimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda mashxur bo‘lib ketgan turkiyalik mergan maxfiy xizmat xodimimi?

Internet foydalanuvchilari uning oddiy sportchi ekaniga shubha qilib, uni maxfiy xizmat xodimi yoki «killer» deya taxmin qilmoqda. Chunki u boshqa sportchilarga o‘xshamagan holda hech qanday yordamchi vositalarsiz nishonga oladi.

Turkiyalik mergan Yusuf Dikech Parij Olimpiadasida o‘zining sovuqqon va vazmin xulq-atvori bilan mashhur bo‘lib ketdi, biroq u aralash jamoaviy bahslarda 10 metrga pnevmatik to‘pponchadan o‘q otishda kumush medalni qo‘lga kiritganida uning ichida «bo‘ron» ko‘tarilganini aytdi.

Uning bir qo‘lini cho‘ntagiga solib qo‘ygan beparvo pozasi ko‘plab memlarga sabab bo‘ldi.

U o‘z raqobatchilari foydalanadigan yuqori texnologiyali jihozlaridan voz kechib, oddiy sariq quloq himoyachisi va oddiy ko‘zoynakni tanladi va yuqori natija qayd etdi.

«O‘sha paytda hamma meni juda xotirjam ko‘rganimni aytishdi, lekin aslida ichimda bo‘ronlar davom etayotgan edi», dedi Turkiya jandarmiyasining sobiq zobiti Dikech.

«O‘ylaymanki, mening otishma pozam Olimpiya ruhini juda yaxshi ifodaladi: adolatli o‘yin, soddalik, ravshanlik va tabiiylik. Shuning uchun ham unga katta e’tibor qaratildi».

Dikechning mashxurligini uning X ijtimoiy media platformasida Ilon Mask bilan o‘zaro suhbati yanada oshirdi.

Olimpiadadan olingan suratni baham ko‘rgan Dikech: "Salom Ilon, sizningcha, bo‘lajak robotlar Olimpiadada qo‘llarini cho‘ntagiga solib medallar yuta oladimi? Buni qit’alarni birlashtirgan madaniyat poytaxti Istanbulda muhokama qilsakchi? @elonmusk".

Musk javob berdi: "Robotlar har safar nishonning markaziga uradi".

Karyerasidagi maqsadlari haqida Dikech ishonch bilan aytdi: »Men va sherigim Los-Anjeles-2028 o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritamiz".

U oltin medal sohibi, serbiyalik Damir Mikechga «Men senga oltin medalni faqat 2028 yilgacha qarzga berdim», dedi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!