Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi

Ijtimoiy himoya tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimot qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoya sohasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi.

"O‘zbekiston – ijtimoiy davlat" tamoyili asosida mamlakatimizda aholini qo‘llab-quvvatlash, bu sohada sharoitlarni yaxshilash va xizmatlarni kengaytirish bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda.

Bunda nogironligi bor shaxslarga qulayliklar yaratish muhim vazifalardan. Shu maqsadda nogironlikni belgilashda raqamlashgan tizimga o‘tish taklif etilmoqda.

Unga ko‘ra, bu dastlab Toshkent shahri va Navoiy viloyatida, 2025 yil 1 sentyabrga qadar barcha hududlarda bosqichma-bosqich joriy etiladi. Ekspert komissiyalariga tibbiy hujjatlar oilaviy shifokorlar tomonidan elektron yuboriladi. Baholash Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining moslashtirilgan mezonlari asosida “Inson” markazlari xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Nogironlikni belgilash bilan bir vaqtda uning reabilitasiya dasturi hamda protezga muhtojligi bo‘yicha ma’lumotlar shakllantiriladi.

Endi ekspert komissiyalari tomonidan kasbga, ta’limga, sportga tavsiya berish, mehnatga layoqatsizlikni belgilash tartibi bekor qilinadi. Bunday shaxslar ish, sport va ta’limga individual yondashuv asosida yo‘naltiriladi.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz va to‘siqlarsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish ham ko‘zda tutilmoqda. Shu bois quriladigan va ta’mirlanadigan binolar bunga moslashganligi bo‘yicha majburiy ekspertizadan o‘tkaziladi. “Xavfsiz yo‘l va xavfsiz piyoda” jamg‘armasining kamida 10 foiz mablag‘i har yili chorrahalarni nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun moslashtirish bo‘yicha qurilish va jihozlashga yo‘naltiriladi. To‘siqlarsiz muhit yaratilgan ob’ektlarning elektron interaktiv xaritasi yaratiladi.

Jamoat transporti bo‘yicha tenderlarda faqatgina nogironligi bo‘lgan shaxslarga moslashtirilgan avtobuslar ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. Shahar jamoat transportida I guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga bepul xizmat ko‘rsatiladi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni madaniy tadbirlar, ko‘ngilochar tomosha va marosimlarga jalb qilish bo‘yicha amaliy choralar ko‘riladi.

Taqdimotdagi yana bir taklif Jahon banki ishtirokidagi “Inson” loyihasi haqida bo‘ldi. Bu loyiha aholining zaif qatlamlarini jamiyatga integrasiya qilishga qaratilgan bo‘lib, uning doirasida 55 ta ko‘pfunksiyali hududiy xizmatlar markazi tashkil etiladi va 20 turdagi ijtimoiy xizmat yo‘lga qo‘yiladi. Toshkent, Farg‘ona va Samarqandda 4 ta namunali inklyuziv kasb-hunar ta’limi markazlari tashkil etiladi.

Besh ming nafar xodimning ijtimoiy ish bo‘yicha malakasi oshiriladi. Moslashuvchan ijtimoiy xizmat va yordam bo‘yicha normativ-huquqiy baza shakllantiriladi.

Sohadagi yana bir yangilik “ijtimoiy karta” tizimining joriy etilishi bo‘ladi. Bu orqali ijtimoiy to‘lovlar va subsidiyalar, ijtimoiy xizmatlar va yordamlarni tayinlash, taqdim etish, monitoring qilish va baholash jarayonlari to‘liq avtomatlashtiriladi. “Ijtimoiy karta” bir vaqtning o‘zida ham to‘lov vositasi, ham ehtiyojmand toifaga mansublik tasdig‘i hisoblanadi.

Bu tartib dastlab Toshkent shahri va Yangiyo‘l tumanida, keyingi yildan boshqa hududlarda joriy etiladi. Natijada 72 turdagi ijtimoiy xizmatlar, 76 turdagi yordamlar va 200 ga yaqin imtiyozlar yagona elektron tizimga umumlashtiriladi. Qog‘oz shaklidagi hujjatlar bekor qilinib, vaqt va mablag‘ tejaladi. Soha to‘liq raqamlashtirilishi orqali har bir oilaning ehtiyojlari va imkoniyatlarini aks ettiradigan “ijtimoiy-raqamli pasporti” joriy etiladi.

Davlatimiz rahbari bu borada tegishli hujjatlarni ishlab chiqib, samarali joriy etish, ehtiyojmand insonlarning hayotda o‘z o‘rnini topishiga ko‘maklashish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Maktablarda kuzgi ta’til vaqti e’lon qilindi

10 ноябрдан навбатдаги чорак бошланади.

Eron o‘rab olinmoqda

Систан ва Балужистон вилоятлари ҳамда Хуросон-Разавийда қурилиш ишлари аллақачон бошланган.

Rossiya Isroilga yuzlandi

Москва Исроилни огоҳлантирди.

Antarktida yashil rangga aylana boshladi

Олимлар сўнгги 40 йил ичида "кўкаламзорлаштириш" майдони 10 баробар ошганини айтмоқда

Ertalabdan Isroilga yuzlab raketalar tashlandi

Ливандан Исроилнинг шимолий ҳудудларига 70 га яқин ракета учирилди.

Qozog‘iston shimoli odamlarsiz qolishi mumkin

Бу ҳақда эксперт Қозоғистон агротехника тадқиқот университетида ўтказилган анжуманда айтиб ўтди.

Koreys askarlari rus formasini kiydi... Endi frontga!

Шимолий Корея армияси аскарлари Украина фронтига жўнаб кетиш арафасида Россия ҳудудида машғулотлар ўтказмоқда. Интернетда кореялик ҳарбийлар акс этган видео пайдо бўлди.

"Real Madrid" Mbappe bilan shartnoma imzolaganidan afsusda

Ромаин Молина "Реал" Килиан Мбаппе трансферидан мамнун эмаслигини айтди.

Kanada: Hindiston «dahshatli xato» qildi

Ҳиндистон ҳукумати Канада хавфсизлиги ва суверенитетига шу қадар тажовузкорлик билан аралашиши мумкин деб ўйлаб, даҳшатли хатога йўл қўйди.

O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi 9 oydan so‘ng yana mashg‘ulotlarga qaytdi (foto)

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Таиланднинг «Патум Юнайтед» клуби ҳужумчиси Игорь Сергеев январь ойида Осиё кубоги доирасидаги Австралия билан 3-тур ўйинида (1:1) тиззасидан жиддий жароҳат олиб сафдан чиққан эди.

Dunyodagi eng keksa timsoh — 1900-yildan beri tirik va 10 000 dan ortiq naslning otasi bilan tanishing

Нил тимсоҳлари Африканинг энг даҳшатли йиртқичларидан бири бўлиб, ўзининг улкан ҳажми, кучи ва яширинлиги билан машҳур.

Bugundan respublikamiz hududlarida kuchli yog‘ingarchilik (yomg‘ir—qor) bo‘lishi kutilmoqda

Жорий нам ҳаво оқимлари 14 октябрь кундуз куни республиканинг катта қисмида, тунда ва 15 октябрь кундуз куни водийда ҳам 'яхшигина' тинимсиз ёмғир ёғдириши мумкин экан.

Rossiya O‘zbekistondan tushuntirish so‘radi

Бу ҳақда Россия ОАВсида хабарлар тарқалди.

Eron zarbasidan keyin Isroil havo kuchlari bazasining sun’iy yo‘ldosh tasvirlari e’lon qilindi

Эрон Исроилнинг энг янги самолётларини йўқ қилганини маълум қилганди.

Afg‘oniston: Biz 2 imperiyani yo‘q qildik, keyingisi – AQSh

"СССР Афғонистонга кирганида уларнинг империяси парчаланиб, Россияга айланди".

Livandan uchirilgan dron millionlab isroilliklar orasida vahima uyg‘otdi

Ливандан учирилган дрон Исроилда миллионлаб одамларнинг ваҳима ва паноҳ топишига сабаб бўлди.

Ukrainadagi mojaroda vaqt Rossiya foydasiga ishlamoqda

Бу ҳақда Швейцария Конфедерацияси разведка хизмати хабар берди.

Zelenskiy urushni tugatish yo‘lidagi birinchi qadamni aytdi

Россиянинг музокараларга очиқлиги "биринчи навбатда АҚШдаги сайловларга боғлиқ."

Anqarada terakt: jang davom etmoqda

Тирик қолган террорчилардан бири гаровга олинганларни ушлаб турибди.

AQShning Suriyadagi bazasiga to‘rtta raketa zarbasi berildi

Бу ҳақда Al Mayadeen телеканали маълум қилди.

Beruniy nomidagi YUNESKO–O‘zbekiston xalqaro mukofoti ta’sis etildi

Сунъий интеллект соҳасидаги этика бўйича тадқиқотлар ва ишланмаларни қўллаб-қувватлашга қаратилган Беруний номидаги ЮНEСКО–Ўзбекистон халқаро мукофоти таъсис этилди.

Turkiya ommaviy axborot vositalari Anqaradagi terakt haqidagi tasdiqlanmagan xabarlar uchun jazolanadi

Бу ҳақда ТАСС хабар бермоқда .

Lukashenkoning aytishicha, Ukraina hukumati Rossiya bilan yadroviy mojaro bo‘lishini xohlaydi

Украина ҳукумати Россия иштирокида ядровий можаро бошламоқчи. Бундай фикрни Беларус президенти Александр Лукашенко билдирди, дея хабар беради «ТАСС» .

Erdo‘g‘an Anqaradagi teraktda halok bo‘lganlar va yaralanganlar sonini aytdi

Анқарада содир этилган теракт оқибатида 4 киши ҳалок бўлди, яна 14 киши яраланди. Бу ҳақда Туркия президенти Ражаб Эрдўғон маълум қилди , деб ёзади «Интерфакс» .

«Kannabis» yetishtirayotgan fuqaroning xonadonidan «marixuana» ham chiqdi

Ўз истеъмоли учун «каннабис» етиштирган фуқаронинг хонадонидан «марихуана» ҳам топилди.

Lukashenko 2025 yilgi saylovda ishtiroki bo‘yicha javob berdi

Беларус президенти Александр Лукашенко 2025 йилда бўлиб ўтадиган президентлик сайловларида қатнашишини айтди, деб ёзади «ТАСС».

Rossiya Ukraina sharqida front chizig‘i bo‘ylab o‘nlab hujumlar uyushtirdi

Воқеалар «тезлик билан ривожланмоқда».

Shimoliy Koreyaning Rossiyaga yordami haqida nima bilamiz?

Декабрга қадар Россияга 10 мингга яқин киши жўнатилиши кутилмоқда.

Germaniya Shimoliy Koreya diplomatini Ukraina yuzasidan chaqirdi

Германия Ташқи ишлар вазирлиги Шимолий Корея қўшинларининг Украинага киритилиши ҳақидаги хабарлар юзасидан Пхеняннинг Берлиндаги бош дипломатини чақирди.

Bosqinchilar “Al-Auda” kasalxonasini to‘liq to‘sib, barcha tirik mavjudotni o‘qqa tutdi

Шимолий Ғазо қамалининг 19-куни. Байт-Лахияни тарк этишга муваффақ бўлган гувоҳлар йўллар бўйлаб ётган тинч аҳолининг кўп сонли жасадлари ётгани ва эркаклар оммавий ҳибсга олингани ҳақида хабар беришди.

Putin BRICS sammitida ishtirok etish uchun kelgan deyarli barcha yetakchilar bilan yakkama-yakka suhbatlar o‘tkazdi

Ушаковнинг сўзларига кўра, кечки овқат давомида раҳбарлар...

Isroil bombardimoni bolalarni vaksinasiz qoldirdi

Исроил ҳужумлари туфайли Ғазода полиомиелитга қарши эмлаш тўхтатилди.

Turkiyaning Gebze shahrida tabiiy gaz portladi

Фавқулодда ҳодиса натижасида етти киши жабрланди, улардан уч нафарининг аҳволи оғир.

Ozarbayjonda neftni qayta ishlash zavodida yong‘in sodir bo‘ldi

Ҳозирда алангани вертолётлар ёрдамида ўчиришмоқда, ишчилар эса эвакуация қилинган.

Shimoliy Koreya Ukrainaga qarshi dunyodagi eng shafqatsiz bo‘linmalardan birini yubordi

Жанубий Корея разведкаси NIS КХДР Украинадаги урушга қайси аскарларини юборгани ҳақида маълумот берди.

G‘azo taraqqiyoti necha yil orqaga qaytarilgani ma’lum bo‘ldi

UNDP Фаластин ҳудудидаги қашшоқлик даражаси жорий йилда деярли икки бараварга ошиб, 74,3 фоизга етишини билдирмоқда.

Pxenyan o‘z askarlarining Ukrainaga yuborilayotganiga izoh berdi

Бу Пхеняннинг Россияга ҳарбий хизматчиларни юбориш ҳақидаги биринчи расмий изоҳидир.

Ukraina qo‘shinlari chekinmoqda

Украина қўшинлари Украинанинг Донетск вилоятидаги Курахово қишлоғининг шарқий чеккасида биринчи позицияларини тарк этди.

Farg‘onadagi YTHda er-xotin vafot etdi

Бу ҳақда “Замон” дастурида хабар берилди.

Putin AQShdan kelgan qochqinga fuqarolik berdi

Тегишли фармон Россия қонун ҳужжатларини нашр этиш порталида эълон қилинди .