Joriy yilning 25 iyul kuni Telegram tarmog‘ining “Yuristkadr” kanalida “Oliy sudda yig‘ilish. Ayni paytda Oliy sud raisi o‘rinbosari X.To‘raxo‘jayev sud tizimida 2022 yilning 6 oylik yakunlari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yakuni yuzasidan hisobot yig‘ilishini o‘tkazmoqda” deb yig‘ilish tafsilotlari bayon etilgan.
Unda Byuroning Toshkent shahar bo‘yicha, jinoyat ishlari bo‘yicha 7.000 ga yaqin, ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 8.000 ga yaqin, fuqarolik ishlari bo‘yicha 120.000 dan ortiq, iqtisodiy ishlar bo‘yicha 8.000 dan ortiq ijro hujjatlari sudlarga qaytarilgani, demak, jami 150.000 dan ortiq sudlar tomonidan berilgan ijro hujjatlari sudlarga qaytarib yuborilgani ta’kidlangan.
Xabar bo‘yicha Byuroning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan tahlili asosida o‘rganib chiqildi.
Byuroning poytaxt boshqarmasi tomonidan 2022 yilning o‘tgan 6 oyi davomida, jami 134.000 ta 2,9 trln. so‘mlik sud hujjatlari O‘zbekiston Respublikasinig “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 8, 8-1, 8-2, 8-3-moddalari talablariga javob bermaganligi sababli asosan qaytarilgan.
Jumladan, jinoyat sudlari tomonidan jami 18.000 ta 709,4 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari dastur orqali yuborilishida kamchilikka yo‘l qo‘yilgan, ma’lumotlarni “MIB portal” dasturga noto‘g‘ri kiritilgani, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi VMning 200-sonli qaroriga muvofiq TMBlarni (tovar moddiy boyliklar) davlat daromadiga o‘tkazish, egasiga qaytarish va yo‘q qilishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlariga ilova qilinishi kerak bo‘lgan hujjatlar yetarli bo‘lmaganligi sababli qaytarilgan.
Ma’muriy huquqbuzarlikka oid ishlar bo‘yicha 6.400 ta, Fuqarolik ishlari bo‘yicha 102.000 ta hamda Iqtisodiy ishlar bo‘yicha 7.000 dan ortiq ijro hujjatlari Qonunning 8-moddasi talablariga rioya qilinmaganlik holati bo‘yicha sudlarga qaytarilgan.
Misol uchun, Byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlardan kelib tushgan 19.384 ta ijro hujjatlaridan 13.183 ta 146,4 mlrd. so‘mlik ijro hujjatlari Qonunning 8 moddasi 4–qismi ya’ni undiruvchi va qarzdorning nomi, ularning manzillari, jismoniy shaxslar uchun - qarzdorning tug‘ilgan sanasi va joyi, ish joyi qarzdor jismoniy shaxsning shaxsiy identifikasiya raqami noto‘g‘ri kiritilgani sababli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.11-2020 yildagi PF-6118 sonli Farmonining 14-bandi talablari asosida qaytarilgan.
Bundan tashqari, jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudining 01.04.2022 yildagi qarzdor S.Abduraximovaadan davlat foydasiga 20 mln. so‘m jinoiy jarima undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati “MIB portal” dasturi orqali 04.04.2022 yilda kelib tushgan. Ilovada yuborilgan ijro varaqalarni ko‘rib chiqish jarayonida, jinoyat ishi emas, balki G.Abduraxmanovaga nisbatan 810.000 so‘mlik ma’muriy jarimani undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari noto‘g‘ri yuborilgani sababli, sudga qaytarilgan.
Yuqoridagi misollardan ko‘rinadiki, 134.000 ta qaytarilgan ijro hujjatlarini har biri qonun talablari asosida sudlarga qaytarilgan.
Byuro organlari belgilangan talablar asosida kelib tushgan ijro hujjatlarining ijrosini ta’minlash chorasini ko‘radi va ularni tegishli organlarga yuborishdan manfaatdor emas.
Majburiy ijro byurosining Toshkent shahar boshqarmasi
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.
Эрон Теҳроннинг тўхтатишга рози бўлгани ҳақида хабарлар тарқалган тинчлик келишувининг муддати яқинлашар экан, Исроилга бир нечта босқичли ҳаво ҳужумларини бошлади.
"Теҳроннинг амалиётлари “дўст ва қардош Қатар давлати ва унинг халқи учун таҳдид ёки хавф туғдирмайди”, дейилади Эрон Миллий хавфсизлик кенгаши баёнотида.
АҚШ президенти Дональд Трамп ўзи Эронга қарши уюштирган зарбаларни “том маънода ҳарбий муваффақият” деб атаб мақтаган бир пайтда, демократлар уни ваколатини ошириб юборганликда айблашди.
Мексика президенти Клаудия Шейнбаум видеомурожаатида минтақадаги барча тадбирлар тўхтатилганини таъкидлади ва аҳолини уйда ёки бошпаналарда қолишга чақирди.