Ijaraga berilgan avtotransportda jinoyat sodir qilingan bo‘lsa, avtomashina egasiga qaytariladimi?

Ijaraga berilgan avtotransportda jinoyat sodir qilingan  bo‘lsa, avtomashina egasiga qaytariladimi?

Savol: Akam o‘ziga tegishli Spark rusumli avtomashinasini 1 yil muddatga ijaraga bergan edi. Oradan 5 oy o‘tib, ijara haqini to‘lashga moddiy sharoiti yetishmayotgani vaji bilan ijara shartnomasini o‘zaro bekor qilib, avtomashinani akamga topshirib ketdi. Akamni ixtiyoriga ko‘ra men shu mashinani mina boshladim. Oradan 2 oy o‘tib YHXX xodimlari meni to‘xtatib, 3 oy avval shu mashinadan foydalanib o‘g‘rilik jinoyati sodir qilinganini va tergov jarayoni ketayotgani, shu sababli avtomashinani jarima maydonchasiga olib kirishlarini aytishdi. Voqeani eshitgan bir tanishimni 7 yil avvalgi (2016 yil) misolni keltirib aytishicha avtomashina jinoyat quroli sifatida musodara qilinishi ham mumkin ekan. Axir o‘zim jinoyat sodir etmaganman-ku, qolaversa avtomashinani qonuniy tartibda ijaraga berganmiz. Qanday qilib musodara bo‘lishi mumkin.

Ismi va manzili sir tutildi

Savolga Oliy sud bosh konsultanti Akrom Aripov javob berdi:

Savolning mazmuni yuzasidan aytish mumkin-ki, sodir etilgan jinoyatga Sizning daxlingiz bo‘lmasa va akangizga tegishli spark avtomashinasi ijara shartnomasi asosida topshirilib, keyinchalik taraflarning roziligi asosida bekor qilingan bo‘lsa, mazkur holatlar tergov va sud jarayonida isbotlangach avtomashina musodara qilinmaydi hamda qonuniy egasiga qaytarib beriladi. Chunki, 2017 yil 17 oktyabr kunidan boshlab, jinoyat sodir etishda ishtirok etmagan shaxslarning mol-mulkini musodara qilishni taqiqlash bo‘yicha qonunchilikka o‘zgartish kiritilgan. Unga ko‘ra, jinoyat-prosessual kodeksining 211-moddasi 1-qismiga asosan gumon qilinuvchiga, ayblanuvchiga, sudlanuvchiga, mahkumga tegishli bo‘lmagan mol-mulk qonuniy egalariga, mulkdorlariga qaytarib beriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!