IIB xodimiga 200 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

IIB xodimiga 200 dollar pora bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

Tergovchiga jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilishi uchun pora bergan fuqaro ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Toshkent viloyatida 2018 yil 14 sentyabr kuni IIB xodimiga pul taklif qilgan fuqaro ushlandi. Bu haqda o‘z manbaamiz xabar berdi.

2018 yil 27 avgust kuni soat taxminan 02:10 larda haydovchi, Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi, 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro U.S. boshqaruvida bo‘lgan «Lasetti» rusumli avtomashinasida Ohangaron shahri hududidan o‘tgan “Guliston – Bo‘ka – Angren Qo‘qon-Andijon – Osh” avtomobil yo‘lining 132-chaqirimida yo‘lning chap tarafidan o‘ng tarafiga yo‘lni beton to‘sig‘idan oshib o‘tayotgan fuqaro Surxondaryo viloyatida yashovchi 1972 yilda tug‘ilgan fuqaro N.Z.ni urib yuborgan. Natijada N.Z. olgan tan jarohatlari bilan hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan 2018 yil 27 avgust kuni Ohangaron shahar IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan fuqaro U.S.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

2018 yil 14 sentyabr kuni taxminan soat 08:30 larda o‘zini haydovchi U.S.ning otasi deb tanishtirgan Namangan viloyati Namangan shahrida yashovchi 1966 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A. tergovchi X.F.ning xizmat xonasiga kirib, o‘g‘li U.S.ga jinoyat ishi bo‘yicha yengillik qilishi, avtoulovni jarima maydonchasidan chiqarish, haydovchilik guvohnomasidan mahrum etmaslik va o‘g‘liga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasini qo‘llamaslik evaziga pora tariqasida 200 AQSh dollari berishni taklif qilgan.

Holat yuzasidan IIB tergovchisi X.F. o‘z rahbariga qilgan axborot berib, pora taklif qilgan fuqaro M.A.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Shundan so‘ng shu kuni Toshkent viloyati IIB tezkor xodimlari hamda Ohangaron shahar prokuraturasi xodimlaridan iborat tezkor guruh tomonidan fuqaro M.A. IIB tergovchisi X.F.ga 200 AQSh dollarini pora tariqasida berayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Manba: 7news.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!