Ichki ishlar vazirligi: «Shuhrat»dagi narkotiklar bozoriga barham berish uchun choralar ko‘rilmoqda

A A A
Ichki ishlar vazirligi: «Shuhrat»dagi narkotiklar bozoriga barham berish uchun choralar ko‘rilmoqda

Ichki ishlar organlari xodimlari «Shuhrat» chorrahasidagi narkotiklar «qora» bozoriga barham berish uchun zarur chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xodimi Mirzo Ulug‘bek Madalimovning O‘zAda chop etilgan maqolasida aytiladi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

Giyohvandlik vositalari nafaqat inson salomatligiga xavf solishi, balki uning ta’sirida turli jinoyatlar sodir etilayotgani bilan ham xavflidir.

O‘zbekiston huquq-tartibot idoralari, xususan, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlar muntazam tarzda amalga oshirilmoqda. 2018 yilning 9 oyida respublika ichki ishlar organlari tomonidan 3 ming 313 giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq jinoyatlar aniqlangan bo‘lib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan bu ko‘rsatkich 11,9 foizga kamaydi.

Hisobga olingan narkojinoyatlarning tahliliga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, ularning 31,9 foizi tranzit, 33,7 foizi yetishtirish va 32,1 foizi saqlash jinoyatlari ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, qo‘shni davlatlar orqali kontrabanda yo‘li bilan respublika hududiga kirayotgan 14 kilogrammdan ziyod geroin, 163 kilogrammdan ortiq opiy, 28 kilogrammdan ko‘proq gashish giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi.

Buni aniq misollar orqali ko‘radigan bo‘lsak, joriy yilning 13—15 sentyabr kunlari IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbiri natijasida giyohvandlik vositalarini yetishtirish va tarqatish bilan shug‘ullanayotgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

Ushbu jinoiy guruh a’zolari Toshkent shahrining markazida joylashgan ko‘p qavatli uylardan birida nasha giyohvandlik o‘simligini yetishtirish maqsadida jihozlab, sun’iy tarzda marixuanani shu yerning o‘zida yetishtirib, quritib, maxsus qadoqlarga ya’ni «Semechki» yozuvli pista mahsuloti qadog‘iga va gugurt qutisiga joylangan marixuanani tarqatish bilan shug‘ullanib kelayotganligi aniqlandi.

Yoshlar orasida giyohvandlik moddalarning iste’molini yo‘q qilishga qaratilgan qator maxsus profilaktik ishlar o‘tkazib kelinayotgani qaramay, 15 nafar maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari o‘quvchi-talabalari tomonidan narkojinoyatlar sodir etilgan. Misol uchun, joriy yilning iyul oyida Toshkent shahrida, Toshkent viloyatida yashovchi 11-sinf o‘quvchisidan iste’mol qilish uchun maxsus tayyorlangan 50 grammga yaqin marixuana giyohvandlik vositasi olinib, maktab o‘quvchisi ushbu giyohvandlik vositasini Toshkent shahrida yashovchi 43 yoshli fuqarodan olganligi aniqlandi. Shu shaxsning yashash uyidan, xuddi shunday «bo‘lak»larga qadoqlangan 500 grammga yaqin marixuana giyohvandlik vositasi olindi.

Giyohvandlik vositasining manbasi esa Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanida yashovchi 38 yoshdagi shaxs ekanligi aniqlanib, uning yashash uyidan ham qariyb 500 gramm quritib qo‘yilgan marixuana giyohvandlik vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Shuningdek, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanuvchi transmilliy guruhlarni aniqlash, ularning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yish, kontrabanda yo‘llarini to‘sish, tarkibida giyohvandlik moddalari bo‘lgan o‘simliklar ekilishi va narkomaniya yoyilishining oldini olish maqsadda o‘tkazib kelinayotgan keng qamrovli «Qoradori–2018» tadbiri xususida ham to‘xtalib o‘tsak. Respublika bo‘yicha 7 ming 477 kvadrat metr yer maydonida yovvoyi nasha o‘sayotgan 449 ta yer maydoni aniqlandi. 555 nafar shaxs o‘z hududlarida ushbu holatlarga yo‘l qo‘yganligi uchun ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Tadbir mobaynida tarkibida giyohvandlik vositalari bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirib, narkobiznes bilan shug‘ullanayotgan bir qator shaxslar aniqlanib, qo‘lga olindi.

2018 yilning 12 oktyabr kuni IIV Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zangiota tumanida yashovchi 51 yoshli A.R.ning uyidan jami 34 kilogramm 156 gramm giyohvandlik vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi. Hozirda olingan giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo‘yicha tezkor tergov ishlari davom ettirilmoqda.

Shu bilan birga, ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan tarkibida psixofaol moddalari bo‘lgan dori preparatlarining oldi-sotdisiga ham chek qo‘yish maqsadida doimiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Natijada respublika bo‘yicha noqonuniy muomalada bo‘lgan jami 71 mingdan ziyod psixofaol preparatlar daliliy ashyo sifatida olinib, yo‘q qilindi. Xususan, Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan, aholi orasida «Shuhrat chorrahasi» nomi bilan barchaga ma’lum bo‘lgan hududda tashkil etilgan psixofaol dorilar sotiladigan «qora bozor»ning faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida 66 marotaba tezkor tadbirlar o‘tkazildi. Natijada 341 nafar huquqbuzar shaxsga nisbatan tegishli tartibda choralar ko‘rildi, ulardan tarkibida psixofaol moddalari bo‘lgan 41 mingga yaqin «Tramadol» va 268 dona «Lirika» dori preparati daliliy ashyo sifatida olindi. Chunki psixofaol dori vositalari ham giyohvandlik moddalari kabi xavfli hisoblanadi.

Aytib o‘tish kerakki, 2018 yil 22 oktyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jamoat xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bilan psixofaol dori vositalarining noqonuniy muomalasiga chek qo‘yish maqsadida ushbu dori vositalari giyohvandlik vositalarining analoglari sifatida baholandi.

Endilikda «Tramadol» dori vositasi bilan muomala qilgan har qanday shaxs Jinoyat kodeksning tegishli moddalariga muvofiq, «Lirika» dori vositalarini noqonuniy sotgani uchun esa Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning tegishli moddalarga binoan jazoga tortiladi.

Manba: daryo. uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Zelenskiy Klichkoning so‘zlaridan so‘ng jiddiy ogohlantirish yubordi

Бу унинг Киев мэри Виталий Кличконинг Киев режими раҳбарини Украинада ҳукм сураётган авторитаризм борасидаги танқидига жавоби бўлди.

BAA bosh murabbiyi muxlislarga murojaat bilan chiqdi

Амирликлар учун жуда муҳим кун ва ажойиб кеча яқинлашмоқда.

Hindiston cho‘kib ketmoqda - yarim milliondan ortiq qurbonlar

Ҳиндистон шимоли-шарқида муссон ёмғирлари сабаб бўлган сув тошқинлари ва кўчкилар қурбонлари сони 36 кишига етди, 550 мингдан ортиқ аҳоли жабр кўрди.

Toshkent shahar IIBB jiddiy ogohlantiradi!

Ички ишлар бош бошқармаси телеграмдаги саҳифасида янги мурожаат эълон қилди.

O‘zbekistonlik tadbirkor O‘tkir Yusupovga Toshkent shahridan 3 xonali uy va’da qildi (video)

Тадбиркор БААга қарши ўйинни Абу-Даби шаҳридаги стадионда бевосита томоша қилди ва ўйиндан кейиноқ ушбу ваъдани берди.

Avstriya Istanbuldagi muzokaralardan so‘ng Zelenskiyning taqdiri dahshatli bo‘lishini bashorat qilmoqda

Россия урушдан олдин этник руслар яшаган ерларни озод қилган ва назорат қилади.

Ukraina yadroviy muvozanatni buzdi

Операция жуда пухта ишлаб чиқилди: украиналиклар дронларни яширинча Россияга олиб кирган

Tanishing: yangi "Dunyo go‘zali" (FOTOGALEREYa)

Бу галги “Дунё гўзали” танловининг ғолиби таиландлик Сучата Чуангсри бўлди, деб хабар беради расмий сайт. Бу унвон учун 108 нафар иштирокчи кураш олиб борди.

Ukrainaning "Pautina" amaliyoti: Putinning yadroviy samolyotlari dronlar bilan yo‘q qilindi

2025 йил 1 июнь куни Украина Хавфсизлик хизмати (СБУ) томонидан амалга оширилган “Паутинa” номли махсус амалиёт доирасида Россиянинг икки муҳим стратегик ҳаво базаси дронлар орқали ҳужумга учради.

Go‘zallik malikasi 9 oyga qamaldi

Бу ҳақда Need To Know (NTK) нашри хабар бермоқда.

Andijon hokimi Shuhrat Abdurahmonov jinoyat sodir etgani haqida xabarlar tarqaldi

Хабарларда ҳолат вояга етмаган шахсга нисбатан қилингани айтилган.

Markaziy Osiyo xalqlari uchun Rossiya endi qiziq emas

Марказий Осиёдан Россияга келаётган меҳнат муҳожирлари сони сезиларли даражада камайди.

Hokim o‘rinbosari o‘zini yoqib yubordimi?

Ижтимоий тармоқларда Яккабоғ тумани ҳокими ўринбосари ўзини ёқиб юборгани ҳақида хабар тарқалди.

Ortiqxo‘jayev yangi lavozimda ish boshlagani aytilmoqda

Тарқалган хвбврлврга кўра, Жаҳонгир Ортиқхўжаев Ўзбекистон корпоратив спорт ассоциацияси расининг биринчи ўринбосари сифатида иш бошлаган.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

Rossiya Maskka boshpana beradimi?

Илон Маскнинг Доналд Трамп билан зиддиятидан сўнг Давлат Думаси Россия миллиардерга сиёсий бошпана беришга тайёрлигини маълум қилди.

Putin yangi qarorni imzoladi: U nima haqida?

Россияда айрим маҳсулотларни харид қилишда ёшни биометрик тасдиқлаш тизими ишга туширилмоқда.

Rossiya aerodromlariga hujum qilgan dronlarni tashigan yuk mashinalari haydovchilarining hech nimadan xabari bo‘lmagan

Бу ҳақида Украина президенти маьлум қилди.

Tramp: «Men endi nimalar ro‘y berishini darhol tushundim»

Доналд Трамп Украинанинг стратегик авацияга ҳужумлари ортидан Россиянинг кескин жавоб беришини тахмин қилганини айтди.

Xitoyda COVID-19 dan xavfliroq yangi virus aniqlandi

Хитойда HKU5-CoV-2 деб номланган янги вирус қайд этилди. Ҳозирча у фақат кўршапалаклар орасида тарқалмоқда, бироқ штаммлардан бири инсонларга юқиши мумкинлиги аниқланган.

AQSh senatorlari Rossiya qayta qurollanishini anglamaptidi — Fridrix Mers

Германия канцлери Фридрих Мерц АҚШ Конгрессидаги айрим сенаторларни Россиянинг қайта ҳарбий қуролланиш ҳаракатларини тушунмасликда айблади. Унинг фикрича, улар Москва томонидан олиб борилаётган тайёргарлик кўламини ҳақиқий таҳдид сифатида қабул қилмаяпти.

Mask Trampga impichment talab qildi va yangi siyosiy partiya tuzmoqchi

Tesla раҳбари Илон Маск президент Доналд Трампни ношукурликда айблаб, унга нисбатан импичмент чақириқларини оммавий равишда қўллаб-қувватлади.

Rossiyada bolalarga "energetik" sotganlar uchun 500 ming rublgacha jarima belgilandi

Янги қонунга кўра, бундай ҳуқуқбузарлик учун: ▪️жисмоний шахсларга — 50 минг рублгача (8,1 млн сўм), ▪️мансабдорларга — 200 минг рублгача (32 млн сўм), ▪️компанияларга — 500 минг рублгача (81 млн сўм) жарима солинади.

Dahshat! Janubiy Afrikada "batut" 12 metr balandlikka uchib ketdi

Жанубий Африка Республикасида ичида болалар бўлган "батут" 12 метр баландликка учиб кетди.

Mumbay ayeroportida qo‘l sumkasida 40 ga yaqin zaharli ilonlar bilan Tailanddan uchib kelgan yo‘lovchi qo‘lga olindi

Бу ҳақда якшанба куни кечқурун Ҳиндистон божхона хизмати хабар берди.

Toshkent viloyatida eshak go‘shtidan somsa tayyorlab, sotganlarga hukm o‘qildi

Маълум қилинишича, Нурафшон шаҳрида фуқаро ўндан ортиқ эшакни сўйиб, сотиб келган.

Turkmanistondagi “Do‘zax darvozasi” yonishi uch baravar kamaydi

Бу ҳақда “Туркменгаз” давлат концернига қарашли Табиий газ илмий-тадқиқот институти лабораторияси мудири Ирина Лурьева TESC 2025 халқаро конференциясида маълум қилди, деб хабар беради РИА Новости.

Zelenskiy: "Rossiya keyingi harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda"

Украина президенти Владимир Зеленский АҚШга сафар қилган украин делегациясининг ҳисоботларини эшитди, деб хабар берилади унинг Telegram-каналида.

Hindistonda eng baland temir yo‘l mosti ochildi. U 20 yildan ortiq vaqt qurilgan

у Эйфель минорасидан 35 метр баланд.

Evropa Ukrainani AQShsiz qo‘llab-quvvatlashga qodirligini e’lon qildi

Қўшма Штатлар Киевга ҳарбий ёрдамни тўхтатишга қарор қилган тақдирда ҳам Европа Украина қаршилигини қўллаб-қувватлашга қодир, деди Германиядан қурол-яроғ етказиб беришни мувофиқлаштириш учун масъул немис генерали Кристиан Фрейдинг Реутерс агентлигига.

G‘arb Ukrainadagi vaziyat umidsiz ekanini e’lon qildi

Бу ҳақда иқтисодчи Филипп Пилкингтон Х ижтимоий тармоғида ёзди .

PMC Wagner Afrika mamlakatidan chiqishini e’lon qildi

Бу ҳақда Лента.руъга компания матбуот хизмати хабар берди.

Kelajakdagi falokat sababi sifatida yangi virus nomlandi

АҚШ олимлари янги коронавирус ҲКУ5-CОВ-2 ни топдилар, у одамларни юқтиришдан атиги битта мутатсион бўлиши мумкин. У Хитойда кўршапалак намуналаридан ажратилган ва тадқиқотга кўра, маълум ўзгаришлар билан инсон ҳужайраларига кириб боришга қодир. Натижалар Натуре Cоммуниcатионс журналида чоп этилган .

12 mamlakatda 20 kishi bolalarni jinsiy savdosi ishi bo‘yicha hibsga oldi

“Репорт” Euronews телеканалига таяниб хабар беришича , ҳибсга олинганлар орасида Европа, АҚШ ва Лотин Америкасидан келган тиббиёт ходими ва икки нафар ўқитувчи бор.

Rossiyaning Kiyevga raketalar va dronlar bilan zarba berishi oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi

6 июн тонгида Россия томонидан Украина пойтахти Киевга ракеталар ва дронлар ёрдамида кучли ҳужум уюштирилди. Ҳужум оқибатида камида тўрт киши ҳалок бўлди, яна 20 нафар одам турли тан жароҳатлари билан жабрланди.

Italiyada futbolchiga saraton kasalligini tilagan hakam ikki yilga futboldan chetlatildi

Бу ҳақда Gazzetta dello Sport нашри ёзмоқда.

Tramp va Mask ijtimoiy tarmoqlarda dahanaki janglarga kirishdi

АҚШ президенти Доналд Трамп ва Tesla ҳамда SpaceX хўжайини, Ҳукумат самарадорлиги департаменти (DOGE)нинг собиқ раҳбари Илон Маск 5 июнь куни ижтимоий тармоқларда кескин можарога киришди. Трамп, хусусан, Маскнинг компанияларини субсидиялардан маҳрум қилиш билан таҳдид қилган ва Маск SpaceX Dragon космик кемаси фаолиятини зудлик билан тўхтатаётганини айтиб, жавоб қайтарган.

G‘azoda Isroil armiyasining 4 nafar askari o‘ldi

Бу ҳақда Al Arabiya хабар бермоқда.

Toshkent viloyatida eshak go‘shtini sotganlarga 2 yil qamoq jazosi tayinlandi

Оҳангаронда тезкор тадбир пайтида 23 бош тирик ва 15 бош сўйилган эшак аниқланди.