Ichiga ignalar yashirilgan qulupnayni yegan yigit kasalxonaga yotqizildi

Ichiga ignalar yashirilgan qulupnayni yegan yigit kasalxonaga yotqizildi

Avstraliyada joylashgan supermarketning eski xodimlaridan biri qulupnaylarning ichini tikuvchilik ignalari bilan to‘ldirishda gumon qilinmoqda. Natijada mana shunday ignani yutib yuborgan yigit kasalxonaga yotqizildi, deb xabar berdi "The Sun".

Kvinslendlik 21 yoshli Xoani Xern mahalliy supermarketdan xarid qilingan qulupnayni yeganidan so‘ng shifoxonaga yotqizilgan. Bunga esa qulupnayning ichida bo‘lgan tikuv ignasi sabab bo‘lgan. Yigit ignani qulupnayni tishlab, uning bir qismini yutmagunicha bilmagan.

Kvinslend polisiyasi shu zahoti voqeani tergov qilishga kirishdi va ignaning qulupnayda bo‘lganligi tasodifiy emas degan xulosaga keldi. Dedektivlarning so‘zlariga ko‘ra, do‘konning sobiq xodimi bu ignalarni qulupnayning ichiga qasddan tiqib chiqqan. Sabab esa supermarket rahbarlaridan o‘ch olish bo‘lishi mumkin.

Tajovuzkorning kimligi hali aniqlangani yo‘q. Havfsizlikni ta’minlash maqsadida “Woolworths” supermarketi hodisa vaqtidagi javonlarda joylashgan barcha qulupnaylarni sotishdan voz kechdi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!