Ibrohim Raisiy: Isroil Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun jazolandi

Ibrohim Raisiy: Isroil Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun jazolandi

Eron Islom Respublikasi Prezidenti Ibrohim Raisiy Isroil Suriyadagi Eron konsulligiga hujum qilgani uchun javob zarbalari bilan jazolanganini aytdi.

Eronning rasmiy axborot agentligi IRNA Raisiyning Isroil masalasidagi bayonotini ommaga e’lon qildi.

Prezident Isroilga qarshi operasiya Eronning Suriyadagi konsulligiga hujumga javoban “o‘zini himoya qilish” maqsadida amalga oshirilganini aytdi.

Raisiyning qayd etishicha, Tehron har qanday tashqi tajovuzlarga qarshi qat’iyroq javob beradi.

Mamlakatning Inqilobiy gvardiya armiyasi qo‘mondoni Husayn Salamiy ham “agar tashqi kuchlarning harakatlari Eron manfaatlariga qarshi bo‘lsa” Isroilga yana zarba berilishini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!