“Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining final bosqichda Qoraqalpog‘istonlik oila g‘olib bo‘ldi

“Ibratli oila” ko‘rik-tanlovining final bosqichda Qoraqalpog‘istonlik oila g‘olib bo‘ldi

«Oila» ilmiy-amaliy tadqiqot markazi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 35-bandida belgilangan oilalarni mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarini saqlash va rivojlantirish, namunali oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, shuningdek, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini oshirish vazifasini bajarish maqsadida “Ibratli oila” respublika tanlovini tashkil etdi.

Ko‘rik-tanlov Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi ibratli oilalar ishtirokida joriy yilning may-dekabr oylarida 4 bosqichli shaklda o‘tkazildi.

“Ibratli oila” tanlovining birinchi bosqichida 14741ta, tuman, shahar bosqichlarida 2392 ta, hududiy bosqichlarda 193 ta ibratli oilalar ishtirok etishdi. “Ibratli oila” tanlovining Respublika bosqichiga  hududlardan 14 ta oilaning  hujjatlari  taqdim etildi.

“Ibratli oila” respublika ko‘rik-tanlovining 3-o‘rin sohibi bo‘lish Farg‘ona viloyatidan Sherg‘oziyevlar oilasiga, 2-o‘rin sohibi bo‘lish Navoiy viloyatidan O‘runovlar oilasiga, 1-o‘rin sohibi bo‘lish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Aybergenovlar oilasiga nasib etdi.

G‘oliblarga va nominasiyaga ega bo‘lgan oilalarga “Oila” markazi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar taqdim etildi.

“Ibratli oila” ko‘rik tanlovining yakunlovchi bosqichi hamda tadirlash marosimi “O‘zbekiston” mehmonxonasining “Tantanalar zali”da joriy yilning 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tdi.

Manba: makan.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!