Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatlarni tergov qilish va shaxslarni qidirishda yordam so‘rab xususiy OAVga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatlarni tergov qilish va shaxslarni qidirishda yordam so‘rab xususiy OAVga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi

Huquq-tartibot idoralari xodimlari jinoyatlarni tergov qilish va shaxslarni qidirishda yordam so‘rab xususiy ommaviy axborot vositalariga murojaat qilishlari mumkin bo‘ladi.
Endilikda ichki ishlar organlari jinoyatlarni tergov qilish va jinoyat sodir etgan, jazoni o‘tashdan bo‘yin tovlagan yoki bedarak yo‘qolgan shaxslarni qidirishda xususiy ommaviy axborot vositalari imkoniyatlaridan bepul foydalanish huquqiga ega, deb xabar beradi Podrobno.uz muxbiri.

Norma portalining xabar berishicha, bu prezident 13 mart kuni imzolagan qonunda ko‘zda tutilgan. Normativ-huquqiy hujjat jinoyatchilikka qarshi kurashishning huquqiy asoslarini takomillashtirishga qaratilgan. U tegishli uchta qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritadi.

Qayd etilishicha, avvallari huquq-tartibot idoralari xodimlari faqat hukumat nashrlari yordamiga murojaat qilishlari mumkin edi.

Hujjat, shuningdek, tezkor-qidiruv faoliyatini AKTdan foydalangan holda, shu jumladan kibermakonda va uning imkoniyatlaridan foydalangan holda amalga oshirish mumkinligini belgilab beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!