Homiladorlik tavsiya etilmaydi. Agar...

A A A
Homiladorlik tavsiya etilmaydi. Agar...

Homiladorlik ayol tanasida turli o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi. Ba’zan u o‘zini o‘ylantirayotgan masalalarni yaqinlaridan, shifokordan so‘rashga andisha qilishi mumkin. Ayrim vaqtlarda bu jiddiy asoratlarga ham sabab bo‘lishi hech gap emas.

Aslida qanday kasalliklar homiladorlikka mutlaq monelik qiladi? Ularning oldini olish va davolash qanchalik samara beradi?

Inson hayoti — aziz

— Ba’zi ayollar, yaxshiman-ku, nega shifokorlar vahima qilaveradi, deb o‘ylaydi, — deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Maqsud ­MAHMUDOV. — Homiladorlikning dastlabki uch oyida yaxshi bo‘lishi mumkin, lekin oltinchi-ettinchi oyiga borib asorat kuchayib ketsa nima bo‘ladi? Shifokor esa qancha xavf-xatar mavjudligini taxmin qila oladi. Hatto o‘n foiz xatar tug‘diradigan bo‘lsa ham bu xavfli. Dunyoda inson hayotidan qimmatli narsa yo‘q. Qanday bo‘lmasin, uning sog‘lig‘ini asrashimiz kerak. Bunga esa shifokorlar bilan birga shu insonning o‘zi ham mas’ul. Agar shifokor ayolga homiladorlik uning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishini tushuntirsa-yu, u tushunishni istamasa, natijasi salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Ikki ayol taqdiri

Toshkent shahrida qayd etilgan ikki nafar onaning tug‘uruq vaqtida hayotdan ko‘z yumishi yaqinlari qatori shifokorlarni ham qattiq tashvishga soldi. Ulardan biri epilepsiya kasalligi bilan og‘rigan bo‘lib, buni hammadan yashirishga harakat qilgan. Kelin bo‘lib tushgan xonadonidagilar, oilaviy poliklinika vrachi, tug‘uruqxona shifokori bexabar bo‘lishgan. Hammasi tug‘uruq boshlanib, ayolning ahvoli og‘irlashgach, ma’lum bo‘lgan.

Ikkinchi holatda esa, bo‘lajak ona zaxm kasalligidan aziyat chekkan. Bu xastalik ichki a’zolarni asta yemirib, uzoq yillar davom etadi. Ayol esa xuddi yuqoridagi holat kabi buni shifokorlarga aytmagan. Natijada immuniteti pasayib, o‘pka yallig‘langan. Unga jigar xastaligi qo‘shilgan. Oxiri ahvoli og‘irlashgach, o‘zi shifokorlarga bu haqda aytgan.

Ikkala holat ham o‘zi bilib turib yashirishdan kelib chiqdi. Agar o‘z vaqtida shifokor bilan maslahatlashganda bunday salbiy holatlarning oldini olish mumkin bo‘larmidi...

Nima monelik qiladi?

— Homildorlik bir mo‘’jiza bo‘lib, sog‘lom inson tanasida ikkinchi inson rivojlanib dunyoga keladi, — deydi Toshkent shahar 8-son tug‘uruq kompleksi bosh shifokori, oliy toifali akusher-ginekolog ­Kamoliddin ­NIZOMIDDINOV. — Aslida bu fiziologik jarayon asoratsiz va o‘z vaqtida kechishi kerak. Odatda, har yuzta homilador ayoldan saksontasida bu me’yorda kechadi. Faqat yigirmatasidagina asorat yuzaga kelishi mumkin. Shifokor mana shu asoratlarning oldini olishi kerak. Agar tug‘uruq me’yorida kechayotgan bo‘lsa, unga aralashmaslik, dori-darmonsiz olib borgan yaxshi, albatta. Ortiqcha dorilarni qo‘llash bolaning miyasida qon aylanishi buzilishiga olib keladi. U tug‘ilgach, yig‘loqi, injiq bo‘lib qoladi. Rivojlanishda tengdoshlaridan ortda qoladi.

Homiladorlikka monelik qiladigan kasalliklarni xalqimizga tushuntira olishimiz kerak. Ularning ro‘yxatini to‘rtta yoki oltita, deb aniq aytib bo‘lmaydi. Bu juda keng tushuncha. Uncha xatarli emas, deb o‘ylagan holatlar ham ertaga katta xavf tug‘dirishi mumkin.

Ayolning qaysidir tana ­a’zosi yuklamaga bardosh bermasa, asoratlar, albatta, ko‘rinadi. Boshqa ixtisoslikdagi shifokorlarimiz ham bu vaziyatga jiddiy ahamiyat bermasligi mumkin. Aslida har bir mutaxassis homilador bo‘lish istagidagi ayolni chuqur tekshiruvdan o‘tkazib, biror kasalligi aniqlansa, davolanishi kerak. Shunda uning mushkulini biroz kamaytirish mumkin bo‘ladi.

Onalar o‘limini tahlil qilib ko‘rsak, ko‘pincha qon ketishiga olib keluvchi jigar, qon kasalliklari, yuqori darajali kamqonlik kabi holatlar ko‘p uchraydi. Davolash qiyin bo‘lgan qandli diabet kasalligida xastalik yanada kuchayib, bolaga ham o‘tishi mumkin. Buyrak yallig‘lanishi oqibatida qon bosimi oshadi, ayol shishib ketadi, homilani ko‘tarib yurolmaydi.

Qolaversa, homila bilan bog‘liq bo‘lmagan kasalliklar ham bor. Masalan, ayoldagi tug‘ma yurak rivojlanishida nuqsonlar, keyinchalik paydo bo‘lgan yurak kasalliklari to‘lg‘oq vaqtida ortiqcha yuk tushishi sabab u o‘z vazifasini bajarolmay qolishi mumkin. Shu bilan birga, aynan homiladorlik bilan bog‘liq kasalliklar bo‘lishi mumkin. Tug‘uruqdan keyin yaxshi bo‘lib ketadi. Shunday vaqtlarda jarrohlik usuli bilan ayolga yordam berishga harakat qilinadi.

Qay biri ma’qul?

Hozir ayol va homilaning hayotini saqlab qolish maqsadida jarrohlik usullaridan kengroq foydalanilmoqda. Bu usuldan AQShda 45-60 foiz, bizda 12-20 foiz foydalaniladi. Respublikamizdagi maxsus tibbiy markazlarda tug‘uruqlarning 30-40 foizi kesarcha kesish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Demak, shifokor har bitta holatni taroziga solib, ona va bolaga bo‘layotgan xavf-xatarni inobatga olib, to‘g‘ri qaror qabul qilishi kerak. Lekin homila uchun ham, ona uchun ham tabiiy tug‘uruq afzal. Kesarcha kesishda suv ichida yotgan bola bir holatdan ikkinchi holatga birdan o‘tib, qiynaladi, o‘pkasida suv qolib ketishi mumkin. O‘zi tug‘ilayotgan bo‘lsa, tashqi muhitga asta moslashib, tug‘uruq yo‘llaridan o‘tayotganda o‘pkalari qisilib, suv chiqib ketadi. Quruq o‘pka bilan tug‘iladi. Bunda chinqirib yig‘lash, nafas olish yengil kechadi. Shuning uchun ham biz homilador ayolning o‘zi tug‘ishi tarafdorimiz kesmaslikka harakat qilamiz. Xavf-xatar yuqori bo‘lgandagina jarrohlik usuli qo‘llanadi.

Shahnoza RAHIMXO‘JAYEVA yozib oldi

Manba: od-press.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Srechko Katanes: "Jahon chempionatida terma jamoadan hech nima kutmanglar"

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.

O‘qituvchi ayol Islom Karimov nomidan xat yozib, hokimdan 700 ming dollar so‘ragani ma’lum bo‘ldi

Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.

Dahshat! Eron birinchi marta zamonaviy vertikal raketalardan foydalanmoqda

Бу ҳақда "Ozod Iran" нашри хабар берди.

Uta Abe Diyora Keldiyorovaga "vizov" tashladi

Келдиёрова бу ерда бўлмаганидан хафсалам пир бўлди. Умид қиламанки, у қайтади, шунда мен ундан қасос оламан

Eron maxsus kuchlari urib tushirilgan uchinchi Isroil samolyoti uchuvchisini qo‘lga oldi

Ҳозирча ҳеч қандай расмий тасдиқ йўқ.

Ronaldu va Messi bir tarkibda

FourFourTwo портали мутахассислари барча даврларнинг рамзий жамоасини туздилар.

O‘zbekiston Boliviyaga mag‘lub bo‘ldi

Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси ўртоқлик ўйинида Боливияга қарши имкониятни бой берди.

Nihoyat! Arab davlatlari Eron — Isroil urushi borasida "tilga kirdi"

Араб ва ислом давлатлари ташқи ишлар вазирлари Эронга қарши Исроилнинг ҳарбий ҳаракатларини тўхтатиш зарурлиги тўғрисида умумий баёнот берди.

O‘zbekistonlik 3 futbolchi Angliya klubida ko‘rikdan o‘tish uchun Londonga jo‘nab ketdi

Ўзбекистон футболининг иқтидорли ёшлари халқаро майдонда ўзини кўрсатиш имкониятига эга бўлмоқда. “Пахтакор” клуби ҳужумчиси Саидумархон Саиднуруллаев ҳамда “Сурхон” сафида тўп сурувчи икки ёш футболчи — Беҳруз Каримов ва Беҳруз Шукуруллаев Англиянинг машҳур “Куинз Парк Рейнжерс” (КПР) клубида кўрикдан ўтиш учун Лондонга йўл олишди.

Isroil Erondan keyin Pokiston hududiga zarbalar berishga zamin qo‘ygan(mi)?

Шуни таъкидлаш керакки, Исроилнинг оммавий ахборот майдонида Покистон одатда умуман тилга олинмайди ва, албатта, тинчликка таҳдид деб ҳисобланмайди.

Dahshat! Vafot etgan 88 yoshli ayol tobutda hushiga keldi

IDNES.cz нашрининг ёзишича, унинг турмуш ўртоғи 30 май куни тез ёрдам чақириб, хотинида ҳаёт белгилари йўқлигини маълум қилган

Dollar va yevro keskin ko‘tarildi

Марказий банк 2025 йил 13 июндан валюталарнинг янги курсини белгилади.

Ronaldu "Oltin to‘p"ni kim olishi kerakligini aytdi

Португалия терма жамоаси ҳужумчиси Криштиану Роналду "Олтин тўп" соҳибини аниқлаш мезонлари ҳақида гапирди.

«Jahannam darvozasi» krateri tez orada so‘nadi

Туркманистоннинг Қорақум саҳросида ярим асрдан буён ёнаётган «Жаҳаннам дарвозаси» кратери сўнишни бошлади, деб хабар берди Daily Mail.

Chechen qo‘mondonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri tahdid: “Ruslarni o‘ldirish uchun kelgan xorijliklar yo‘q qilinadi!”

Чеченистоннинг "Ахмат" махсус кучлари қўмондони Апти Алаудинов Украинадаги урушда қатнашаётган жангчилар ҳақида баёнот берди.

Eron Isroilga “Sijjil” raketasini uchirdimi?

Мутахассислар уни ядро қуролини ташувчи восита деб ҳисоблайди.

Isroil oxirgi 75 yildagi eng dahshatli hujumlardan aziyat chekmoqda

Унинг фикрича, Тель-Авив Теҳрон билан можарода ютқазмоқда ва Исроил ҳукумати буни тушунади.

Ukrainalik taniqli qo‘shiqchi Rossiya fuqaroligini oldi

Бу ҳақда РИА Новости ўз манбасига таяниб хабар берди.

Eron va Isroil qachon hujumlarni to‘xtatishini aytdi

Нетаняҳунинг сўзларига кўра, Исроил "Яқин Шарқ ва бутун дунё қиёфасини ўзгартириш" мақсадида "тарихий операция" ўтказмоқда.

Toshkentda ota 11 yashar qizini muntazam zo‘rlab kelgani ma’lum bo‘ldi

Тошкентда беш нафар фарзанднинг отаси бўлган шахс иккинчи рафиқасининг 11 ёшли қизини мунтазам равишда зўрлаб келган.

Buxorodagi bog‘chada 2 yashar bola tok urishidan vafot etdi

Мазкур ҳолат юзасидан туман прокуратураси томонидан Ўзбекистон Республикаси ЖКнинг 116-моддаси 3-қисми билан қўзғатилган.

MAGATE Arakdagi yadroviy majmuaga yetkazilganini tasdiqladi

Эроннинг Арак шаҳридаги ядровий мажмуага берилган зарба акс этган тасвирлар эълон қилинди.

Konor Makgregor tungi klubda to‘polon chiqardi

Жабрланувчи клубдан чиқарилган, Макгрегор эса кечани давом эттирган.

Turkiya qamoqxonalarida mahkumlar soni me’yordan oshib ketdi

Сўнгги икки ойда қамоққа олинганлар сони 13 867 нафарга кўпайган. Бу эса Туркия қамоқхоналари тизимига бўлган юклама кескин ортганини кўрсатади.

Evropa 2028 yildan Rossiya gazini to‘liq taqiqlamoqchi

Европа Иттифоқи Россия билан кўп йиллик энергетик алоқаларга чек қўйишни режалаштирмоқда. Яқинда қабул қилинган таклифга кўра, ЕИ 2027 йил охиригача Россиядан табиий ва суюлтирилган газ импорт қилишни тўхтатиш учун юридик мажбурий механизмлар жорий этмоқчи.

G‘azodagi Isroil hujumlari: 69 kishi halok bo‘ldi, yuzlab yaralangan

Ҳужумлар 19 июн куни эрталабдан бошланган бўлиб, асосан аҳоли зич жойлашган туманларни ва инфратузилмани нишонга олган.

Xorazmda 18 yoshli o‘smir Tico’da YTHga uchrab, vafot etdi

Н.Ш. ўз бошқарувидаги Tico автомашинасида тезликни ошириб, бошқарувни йўқотган

Eron Hormuz bo‘g‘ozini minalashi mumkin - The New York Times

АҚШ Эронга қарши ҳарбий ҳаракатларда иштирок этиш борасида 24-48 соат ичида қарор қабул қилиши кутилмоқда

Tramp Eronga yakuniy ultimatum qo‘ydi

“Сўзсиз капитуляция” талабининг моҳияти оддий — Теҳрон таслим бўлиши керак

Isroil-Eron mojorasi Pokiston xavfsizligi uchun tahdid sifatida baholanmoqda

Исроил ва Эрон ўртасидаги ҳарбий зиддият кучайиши Покистонда хавфсизликка оид жиддий ташвишларни келтириб чиқармоқда. Исломобод Исроилнинг ҳужумларини кескин қоралаб, можора чегараларидаги беқарорлик ва ажралувчи гуруҳлар фаоллашувидан хавотирланмоқда.

Xitoydan Eronga uchirilgan «sirli» samolyotlar radardan g‘oyib bo‘lgan

The Telegraph нашрига кўра, Хитой Эронга камида учта юк самолёти жўнатган. Улар мамлакат ҳаво ҳудудига яқинлашганда радарлардан йўқолган. Бундай ҳаракат Исроилнинг ҳужумлари фонида жиддий шубҳалар уйғотмоқда.

Turk samolyotlari Isroilni himoya qilayotgani rad etildi

Ижтимоий тармоқларда турк самолётлари Исроилни ҳимоя қилиш масъулиятини ўз зиммасига олгани ҳақида маълумотлар пайдо бўлди.

Jizzaxda er qidirayotgan 8 nafar qizga tushuntirish ishlari olib borildi

Ижтимоий тармоқларда тарқалган видеода 8 нафар қиз келин либосида “Эр керак” деб ёзилган плакатлар билан марказий кўчаларни айланиб юргани акс эттирилган.

Toshkentda erkak ayolini benzin sepib, yoqib yubordi

Маълум қилинишича, 42 ёшли эркак аёли билан доимий тарзда жанжаллашиб келган.

Turkmanistondagi “Jahannam darvozasi” yonishdan to‘xtamoqda

Айни пайтда сайёҳлар “Жаҳаннам дарвозаси”ни кўришга интилмоқда

Rossiyaning Shvesiyadagi savdo vakolatxonasiga dron yordamida bo‘yoq solingan paket tashlab ketildi

Шуни қайд этишга мажбурмизки, Швеция ҳукумати яна бир бор ўзининг халқаро-ҳуқуқий мажбуриятларини бажара олмаган

Tramp Eronning havo hujumlari to‘liq nazoratga olinganini ma’lum qildi

“Энди биз Эроннинг ҳаво фазоси устидан тўлиқ ва мутлақ назоратга эгамиз”, - деди у.

Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yaqinida ikki tankerning to‘qnashuvidan so‘ng ularda yong‘in yuzaga keldi

Унинг суғуртачиси ҳақида маълумот тармоқ базаларида мавжуд эмас.

Tramp Isroilning rejasiga keskin qarshi chiqmoqda

Бу ҳақда Axios манбаси хабар берди.

G‘arbiy Eronga yangi aviahujumlar amalga oshirildi

Телевидениянинг маълум қилишича, Исроил ҳарбийлари вакили (номи ошкор этилмаган) ҳужумлар амалга оширилганини тасдиқлаган.