"Hizbulloh" Isroilning 3 ta harbiy ob’ektini o‘qqa tutdi

"Hizbulloh" Isroilning 3 ta harbiy ob’ektini o‘qqa tutdi

Livanning "Hizbulloh" harakati chegara hududidagi Isroilning uchta harbiy ob’ektini o‘qqa tutdi.

"Livan bilan chegarada joylashgan Tayhat, Merj va Ramim nomli Isroil harbiy ob’ektlariga zarba berish uchun boshqariladigan raketalar va tegishli qurollardan foydalanilgan", — deyiladi "Hizbulloh" bayonotida.

Livan-Isroil chegarasida Livan "Hizbulloh" harakati va Isroil harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar 8 oktyabrdan beri davom etmoqda. "Hizbulloh"ning Isroil armiyasi bilan to‘qnashuvlar paytidagi yo‘qotishlari bu davrda 76 kishini, Isroil armiyasida - olti kishini tashkil etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!