Hindistonda yomg‘ir ostida selfi tushayotgan 11 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda yomg‘ir ostida selfi tushayotgan 11 kishi halok bo‘ldi

Yakshanba kuni Hindiston shimolidagi Jaypurda yashin urishi natijasida kamida 11 kishi halok bo‘ldi va ko‘p odamlar jarohatlandi, deb yozadi BBC.

Jabrlanganlar shaharning 12 asrga oid sayyohlarning diqqatga sazovor joyi bo‘lgan Amer Fortdagi qo‘riqchi minorasi tepasida yomg‘ir ostida selfi tushayotgandi.

Voqea sodir bo‘lganda, qal’a minorasi va devorida 27 kishi bo‘lgan va ularning ba’zilari yerga sakrab tushgani xabar qilingan.

Chaqmoq urishi natijasida har yili o‘rtacha 2000 ga yaqin hindlar halok bo‘ladi.

Katta polisiyachi OAVga qal’aning minorasida o‘lganlarning aksariyati yoshlar yekanligini aytdi. Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra, yakshanba kunining o‘zida Jaypur joylashgan Rajastan shtatida chaqmoq urishidan yana 9 ta o‘lim qayd etilgan.

Davlat bosh vaziri Ashok Gexlot halok bo‘lganlarning oilalariga 6700 dollar miqdorida tovon puli to‘lashini e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!