Hindistonda "Google" 113 million AQSh dollar miqdorida jarimaga tortildi

Hindistonda "Google"  113 million AQSh dollar miqdorida jarimaga tortildi

Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Hindiston raqobat komissiyasi tomonidan "Google Play" do‘koni faqat "Google" to‘lov tizimlaridan foydalanishni talab qilganligi uchun jarimaga tortilgan.

Komissiya bayonotiga ko‘ra ushbu holat monopol xatti-harakatlar deb hisoblanib "Google" kompaniyasi 113 million AQSh dollari miqdorida jarimaga tortilgan.

"Google" kompaniyasi esa qarorni qayta ko‘rib chiqishlarini so‘ramoqda.

Shunga o‘xshash voqea Janubiy Koreyada sodir bo‘lgan va bugungi kunda Janubiy Koreya qonunlariga muvofiq "Google Play" do‘konida uchinchi tomon to‘lov tizimlarini sinovdan o‘tkazishni boshlagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!