Hindiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelyapti

Hindiston tashqi ishlar vaziri O‘zbekistonga kelyapti

2018 yilning 14 sentyabr kuni Hindiston Respublikasi tashqi ishlar davlat vaziri Mobashir Javad Akbar boshchiligidagi delegasiya ishchi tashrif bilan O‘zbekistonga keladi.

TIV axborot xizmati xabariga ko‘ra, delegasiya Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan «Hindiston – Markaziy Osiyo» muloqotining 5-majlisida ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, majlis yakuniga ko‘ra siyosat, iqtisod, xavfsizlik va madaniyat sohalarida mintaqa davlatlarining Hindiston bilan hamkorligini chuqurlashtirish bo‘yicha takliflar va tavsiyalar ishlab chiqiladi.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!