Hindiston sharqida fil hujumi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqida fil hujumi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqidagi G‘arbiy Bengal shtatida yovvoyi fillarning hujumi oqibatida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda Times of India gazetasi xabar bermoqda.

Halok bo‘lganlar orasida besh nafar ayol ham bor.

Fillarning aholiga hujumi Xaragpur va Jargram o‘rmonli hududlarida sodir bo‘lgan.

Gazetaning yozishicha, bunday hodisalarning asosiy sababi inson faoliyati tufayli fillar yashash joyining qisqarishidir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!