Hindiston kriptovalyuta butunlay taqiqlangan ilk mamlakat bo‘ladi, agar...

Hindiston kriptovalyuta butunlay taqiqlangan ilk mamlakat bo‘ladi, agar...

Hindiston hukumati mamlakatda kriptovalyutani butunlay taqiqlash ko‘zda tutilgan qonun loyihasini ishlab chiqdi, deb xabar bermoqda Reuters.

Xabarda aytilishicha, kriptovalyuta saqlaganlik, chiqarganlik, to‘plaganlik, sotganlik va berganlik uchun jarima yoki jinoiy javobgarlik belgilanishi mumkin. Bunda kriptovalyuta aktivlaridan xalos bo‘lish uchun fuqarolarga olti oy muhlat beriladi. Agarda qonun loyihasi qabul qilinsa, Hindiston kriptovalyuta butunlay taqiqlangan birinchi mamlakat bo‘lishi mumkin.

Hindiston hukumatining fikricha, bitkoyndan noqonuniy sxemalarda foydalanilishi mumkin. Mamlakatda sakkiz millionga yaqin investor 100 milliard rupiy (1,4 milliard dollar) miqdoridagi kriptoaktivlarga ega.

Mahalliy Bitbns kriptobirjasida ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar va pul oqimi o‘tgan yilga nisbatan 30 baravarga ko‘paygan. 2019 yilda hukumat komissiyasi kriptovalyuta to‘plaganlik, saqlaganlik va sotganlik uchun 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini kiritishni tavsiya qilgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!