Hindiston koronavirusning "sevimli" mamlakatiga aylanmoqda

Hindiston koronavirusning "sevimli" mamlakatiga aylanmoqda

Hindistonda yangi koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 4,2 milliondan oshdi, mamlakat ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinni egalladi. Jons Xopkins universiteti veb-saytida chop etilgan ma’lumotlar shundan dalolat beradi.

Osiyo mamlakatida kunlik yangi rekord qayd etildi — 90 802 infeksiya. Hindiston virus yuqtirganlarning umumiy soni bo‘yicha Braziliyani ortda qoldirdi va  AQShdan keyin ikkinchi o‘ringa chiqdi. Bundan tashqari, pandemiya boshlanganidan beri Hindistonda 72 ming kishi vafot etdi va 3,3 million kishi sog‘aydi. Hindistonda infeksiyaning tarqalishi juda tez sur’atlarda davom etmoqda, bu ko‘rsatkich AQSh va Braziliya ko‘rsatkichlaridan yuqori.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!