"Hech kim ukrainaliklarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq ukrainalik bo‘la olmaydi" - Boris Jonson

"Hech kim ukrainaliklarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq ukrainalik bo‘la olmaydi" - Boris Jonson

Boris Jonsonning fikricha, Ukraina tinchlik evaziga o‘z hududlaridan voz kechmasligi, mamlakat hududi 24 fevralgacha bo‘lgan chegaralar ichida tiklanishi kerak. U bir qator Yevropa gazetalariga bergan intervyusida shunday bayonot berdi.

"Biz ukrainaliklarga strategik qarshilik ko‘rsatishda yordam berish kerakligiga ishonchimiz komil. Lekin hech kim ukrainaliklarning o‘zidan ko‘ra ko‘proq ukrainalik bo‘la olmaydi. Bu ularning inqirozi va ular qanday harakat qilishni o‘zlari hal qilishlari kerak. Mamlakat suvereniteti va xavfsizligi himoya qilinishi kerak", — deb ta’kidladi Buyuk Britaniya bosh vaziri.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!