“Hayot” filmi chindan hayotiymi?

A A A
“Hayot” filmi chindan hayotiymi?

Hilol Nasimovning “Hayot” filmi premyerasi haqida xabar chiqqanida ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan biri “bitta adashgan, bitta mulla va soqollilar to‘dasi qatnashgan film bo‘lsa kerak” deb yozdi.

Rejissyor Hilol Nasimov “Tubanlik”, “Odnoklassniki.ru”, “Ajal jodusi” kabi filmlari bilan tanilgan. Ushbu filmlar negizida terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash haqida. “Islomxo‘ja” filmi premyerasida rejissyordan intervyu olganimizda “yangi film ishlayapman, nomi – “Hayot”, 2000 yildagi Sariosiyo voqelariga bag‘ishlanadi” degan edi.

Nihoyat film premyerasi bo‘lib o‘tdi. Premyera avvalida jurnalist, aktyor Akmal Mirzo uning “tinchlik va osoyishtalikka shukronalik ruhini uyg‘otuvchi film” ekaniga urg‘u berdi. Film ssenariysi Iqbol Mirzo, Zulfiya Yunusova va Hilol Nasimovga tegishli. Kinoasar 2000 yildagi Sariosiyo voqealarida qatnashgan farg‘onalik Hayot ismli yigitning taqdiri haqida hikoya qiladi.

Ma’lumki, 2000 yil avgust oyida janubiy sarhadlarimizga suqulib kirmoqchi bo‘lgan xalqaro terroristik guruhlarga qarshi O‘zbekiston qurolli kuchlarining maxsus operasiya kuchlari batalyoni kurashgan. Pistirmadagi dushmanni yo‘q qilish uchun 300 dan ortiq harbiy xizmatchi mardona jang olib borgan. 21 nafar o‘zbek o‘g‘loni mudofaa chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan.

Film o‘sha qonli voqealar asosida ishlangan. Kinoasarda bosh qahramon Hayot (Fotih Nasimov) to‘yi bo‘lishiga uch kun qolganda o‘zi xizmat qilayotgan harbiy qismdagilarni to‘yga taklif qilgani boradi va u yerda Sariosiyoda urush boshlanganini eshitadi. Shaxsiy ishdan umum manfaatini ustun qo‘ygan qahramon urushga otlanadi. Urush sahnalari Farg‘onada davom etayotgan to‘y sahnalari bilan kontrast holda aks ettiriladi.

Filmni tomosha qilgan, ismi aytilishini istamagan jurnalistning fikricha, “Kinoning nomi boshida biroz primitiv tuyulgandi. Ko‘rdim, kuzatdim, nom o‘zini oqlagandek bo‘ldi. Ta’sirchan film ishlashibdi. Yurt tinchligi yo‘lida halok bo‘lgan o‘g‘lonlar haqida ko‘proq kino olinsa yaxshi bo‘lardi. Ularning qahramonligi yoshlarga ibrat bo‘ladi. Hayotni olib ketishayotganda kapitandan “Yor-yor” aytishini so‘raydi, shu joyi juda ta’sirli sahna. Lekin 2000 yildagi Sariosiyo fojiasi to‘la ochib berilmabdi. Personajlarning muloqotidan tortib, harbiy sohaga oid nozik qonuniyatlargacha yaqqol xatolar kuzatiladi”.

Tomoshabinlardan ikki nafariga “Hayot” filmida bosh rolni ijro etgan Fotih Nasimov o‘z roliga mos tushganmi?” degan savolni berdik. Birinchi tomoshabin “Ha, mos tushgan. O‘zini tutishi joyida, ijrosi ham tabiiy chiqibdi. Muhimi, harbiy odamning vazminligi va dovyurakligini ochib bera olgan” deb javob berdi. Ikkinchi tomoshabindan “Qahramonni yaqqol ko‘ra olmadim. Film avvalidagi o‘t o‘rish sahnasida ijro soxta chiqqani sezildi. Keyingi sahnalar ham fikrimni tasdiqladi” degan javobni eshitdik.

Hayot obraziga me’yoridan ortiq ijobiylik yuklangan. Oramizda bunday odamlar bor degan iddao o‘zini oqlamaydi. Jurnalist Gulchehra Umarova bir intervyusida “bosh qahramondan “farishta” yasash o‘zbek kinolariga tekkan kasallik” degan edi.

Hayot Toshkentga ketayotgan sahna uning qahramonliklarini ko‘rsatadi:

Hayot sevgilisi bilan gaplashib turganda og‘aynisi (Behro‘z Tohirov ijro etgan) kelib, Hayotning sevgilisiga gap ota boshlaydi, Hayotning ham ustidan kuladi. Hayot shunchalar vazminki, bo‘lajak rafiqasiga gap otgan, o‘zini mazax qilmoqchi bo‘lgan do‘stiga indamaydi. Avtobekatda Munavvar xola (Zuhra Ashurova ijro etgan) u orqali qizi Azizaga yuk berib yuboradi, chunki boshqa odam yuklarni olib ketgisi yo‘q. Hayotning yaxshi odam sifati yanada yaqqollashadi. Yo‘lda mashina buzilib qoladi, haydovchi mashinani tuzatmaydi, Hayot tuzatadi – uning qo‘lidan hamma narsa keladi. Yuk berib yuborilgan qiz ham Hayot tufayli omon qoladi (”Yaxshiyam Hayot bor ekan, qizim omon qoldi” – Munavvar xolaning gapi). Harbiy qismga borganida urush boshlanganini eshitadi va birdan urushga borish uchun boshliqlaridan ruxsat so‘raydi.

Filmning eng ta’sirli sahnalaridan biri: ehtiyotsizligi tufayli bir askarning (Erkin Bozorov ijro etgan) bo‘g‘ziga dushman pichoq tiraydi. Uning ro‘parasida yana bir askar o‘q uzishga shay, lekin ortiqcha harakat qilsa dushman uning sherigiga pichoq tortib yuboradi. Shunday vaziyatda yana Hayot ularning joniga ora kiradi.

Barcha ijobiy yuk Hayotning bo‘yniga tushavergach, tomoshabin har qanday sahnada xaloskorni kuta boshlaydi. Xaloskor esa albatta Hayot.

Film o‘quvchiga axborot berish vazifasini bajarmaydi, ekrandagi lavha – inson uchun oyna. Hayotiylikdan yiroqlashgan nuqtalarda film tomoshabinni o‘ng‘aysizlantiradi. Yuqoridagi xaloskorlik sahnalari hayotiylikdan uzilgan.

Bir kadrda “qoshiq” elementi ikki tomondagi holatni bog‘lagan. Hayotning uyida osh suzilgan, lekin ular Hayotni kutishmoqda. “Kelib qolar” degan xayolda ukasining qo‘li qoshiqqa borishi bilan qoshiqni Hayot ko‘taradi. Bu tomonda – jang vahimasi. Shu detal orqali kontrast ochilgan.

Qahramonlar nutqida ham kamchiliklar seziladi. Hayotning shevasi na Farg‘ona, na adabiy sheva bo‘lgan arosatdagi sheva. Jang paytida kapitanning nutqi ham biroz rasmiy. Masalan, “xalqimizning osuda hayoti uchun”, “muayyan yo‘nalishda” kabi rasmiy jumlalarni ishlatadi. Jang vaziyatidan kelib chiqib, rasmiy nutqdan chekinilganda ishonarli chiqqan bo‘lar edi. Tohir Saidovning roli ham biroz sun’iy chiqqan. Farg‘ona odamlarining gurungi, gap-so‘zi ham soxta ijro etilgan. Ataylab urinilsa ham bunchalik sun’iy chiqarib bo‘lmasa kerak.

Farg‘onaliklarning gapirishida qorishiq nutq seziladi. Aniq makon berish mushkul. Bir o‘rinda ikki kishi ot ustida askiya qiladi, sheva saqlangan, askiya ham maromida, lekin ijroda yasamalik bor.

Film voqealari parallel rivojlanadi: bir tomonda to‘y, bir tomonda jang. Kuyov kelmasligini, uning jangda ekanini bilishsa ham to‘yni to‘xtatishmaydi. Ushbu nuqtada ham mantiqiylik buzilgan. O‘g‘li jangda qon kechayotganda qaysi ota-ona to‘y qiladi?

Filmdagi jang sahnalari ancha ishonarli chiqqan. Tasvirga olishda nisbatan yangicha uslublarning elementi seziladi, ammo rejissura va ijro reallikdan yiroq. O‘q uzilishi va uning borib tegishi – yangicha uslub elementlaridan biri.

Xullas, “Hayot” filmi premyerasi ortda qoldi. Asosiy bahoni endi tomoshabin beradi.

Xurshid Serobov

Ushbu ruknda berilayotgan maqolalar sayt qarashini ifodalamasligi mumkin.

Manba: turon24


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Rossiya Moskvadagi paradga boradigan yetakchilar ro‘yxatini e’lon qildi

Россия Москвадаги парадга борадиган етакчилар рўйхатини эълон қилди, рўйхатда Марказий Осиё президентлари йўқ.

Moskvadagi barcha aeroportlar faoliyatini to‘xtatdi

Шереметево рейсларга ўзгартиришлар киритилиши мумкинлигини эълон қилди. Аввалроқ, "гилам"0 сигнали туфайли Внуково, Домодедово ва Жуковскийда чекловлар жорий этилган эди.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Prezidentning xotiniga hukm chiqargan sud’ya o‘lik holda topildi

Полиция воқеани ўрганмоқда, асосий версиялардан бири — ўз жонига қасд қилиш.

Krishtianu Ronaldu millionlab obunachilarini yo‘qotdi

«Instagram» ижтимоий тармоғи ботлар ва нофаол аккаунтларни оммавий тарзда ўчириш ишларини амалга оширди, деб хабар бермоқда Sports.kz.

AQSh sudi Jeffri Epshteynning o‘limidan oldin yozib qoldirgan taxminiy xatini ommaga e’lon qildi

Таъкидланишича, ушбу хат 2019 йил июл ойида Эпштейннинг камерадоши, собиқ полициячи Николас Тартальоне томонидан топилган

Endi Toshkent viloyati yo‘llarida “Damas” harakati cheklanadi

“Damas”лар сонининг кўплиги яхши, лекин улар тирбандлик келтириб чиқармоқда”, — деди Тошкент вилояти ҳокими Зоир Мирзаев.

Bahodir Jalolov professional boksdagi 18-g‘alabasini tantana qildi (VIDEO)

Англиянинг Манчестер шаҳри мезбонлик қилаган профессионал бокс оқшомида ўзбекистонлик оғир вазнли чарм қўлқоп устаси Баҳодир Жалолов навбатдаги жангини ўтказди.

Endi V1 darajali sertifikat ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda imtiyoz beradi

Олдин имтиёз фақат В2 ва ундан юқори даражалар учун берилар эди, энди қоидалар В1 даражасига ҳам кенгайтирилди: у чет тилидан 75% балл беради, В2 ва ундан юқори эса 100%.

Oltin konining qulashi oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘ldi

Бу ҳақда Anadolu Ajansi агентлиги хабар берди.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

Italiya terma jamoasi muxlislari Eron o‘rniga mundialga borishga qarshi chiqdi

Италияда миллий терма жамоанинг Эрон ўрнига Жаҳон чемпионатида иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлар кенг муҳокамаларга сабаб бўлмоқда.

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi birgina g‘alaba bilan JCh yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqdi

Саудия Арабистони мезбонлик қилаётган ўсмирлар (U-17) ўртасидаги Осиё кубогининг "D" гуруҳида иккинчи тур ўйинлари якунланди.

Kanadada sodir bo‘lgan YTHdan so‘ng motosikl svetoforda osilib qoldi

Мотоцикл ҳайдовчиси оғир жароҳатлар олган бўлсада, омон қолган.

«Real»ning 8 nafar yulduzi «klasiko»da o‘ynamaydi

Мадриднинг «Реал» клуби Ла Лига 35-турида «Барселона» меҳмони бўлади.

Eron Prezidenti dushman oldida bosh egmasligini va muzokaralar shartini ma’lum qildi

Эрон Президенти Масъуд Пезешкиан Теҳрон «душман олдида бош эгиш» ниятида эмаслигини, эҳтимолий музокаралар эса таслим бўлиш ёки мамлакат миллий манфаатларидан воз кечишни англатмаслигини маълум қилди.

Navoiyda 40 mln so‘m evaziga kuyovini o‘ldirishga qotillar yollagan ayol ushlandi

Аёл видеони қабул қилиб олгач, келишилган маблағдан 2,3 миллион сўмни ёлланган шахсларнинг карталарига ўтказган.

Chirchiq daryosida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Кучли ёғингарчилик сабаб сув сатҳи кескин кўтарилиб, унинг қирғоққа хавфсиз қайтиши имконсиз бўлиб қолган.

Fransiyada ukrainalik asirlarni qiynoqqa solishda gumonlangan shaxs qo‘lga olindi

Гумонланувчи 2021 йилда Украинадаги терговдан қочиб, Францияда қочқин мақомини олишга уринган.

Qatar yaqinida yuk kemasi noma’lum snaryad bilan urildi

Ҳозирда ҳукумат снаряд манбасини ўрганмоқда. Ҳудуддаги кемаларга эҳтиёткорлик билан ҳаракатланиш тавсия этилди.

Pokistonda avtomobil portladi: Qurbonlar polisiyachilar

Шунингдек, омон қолган уч нафар ҳарбий хизматчи топилиб, шифохонага етказилган.

Hantavirus aniqlangan kruiz kemasi yo‘lovchilari Ispaniyaning Tenerife oroliga kelgach, izolyasiya qilingan holda evakuasiya qilinadi— The Guardian

Хабарларга кўра, круиз лайнери якшанба, 10 май куни Канар оролларига етиб келади.

YUNESKO bilan Markaziy Osiyo muzliklarini himoya qilish borasida hamkorlik o‘rnatildi

Остонада бўлиб ўтган Минтақавий экологик саммитда ЮНЕСКО ва Гидрометеорология илмий-тадқиқот институти ҳамкорлигида Марказий Осиё мамлакатларининг иқлим ўзгаришларига барқарорлигини мустаҳкамлашга қаратилган йирик минтақавий лойиҳа расман ишга туширилди.

Xitoy sobiq mudofaa vazirlariga shartli o‘lim jazosi berdi

Хитой ҳукумати коррупция ва лавозим ваколатларини суиистеъмол қилишда айбланган икки нафар собиқ мудофаа вазирига шартли ўлим жазоси тайинланганини эълон қилди.

Eron AQSh taklifiga hali javob bermadi — Tehron hujjatni o‘rganmoqda

Бу ҳақда Эрон Ташқи ишлар вазирлиги вакили Исмоил Бағоий маълум қилди.

Latviyada Rossiyadan uchib o‘tgan ikkita dron qulab tushdi, ulardan biri neft omboriga zarar yetkazdi

7 май кечаси ҳаво ҳудудига эҳтимолий таҳдид ҳақидаги хабарни Резекне шаҳри, шунингдек, Резекне, Балви ва Лудза ўлкалари аҳолиси олган

Tramp Eron bilan muzokaralarni AQShda o‘tkazishni taklif qildi

Дональд Трамп Эрон билан музокараларни АҚШ ҳудудида ўтказишни таклиф қилди.

Chekka hududda yarim asr 16 ta qishloq suyanib kelgan tibbiyot maskani butkul yangilandi

1972 йилда қурилган Ургут туманининг “Баҳрин” маҳалласидаги 21-сонли оилавий поликлиника 16 та қишлоқ аҳолиси — 13 мингдан ортиқ инсон учун ягона тиббиёт маскани ҳисобланади. Бу бино қурилганидан бери, яъни ярим асрдан ошиқ вақт давомида капитал таъмир кўрмаган.

Jizzaxda vagonda selfiga tushmoqchi bo‘lgan o‘smirni tok urdi

Жабрланувчи шифохонага етказилиб, жонлантириш бўлимига ётқизилган.

O‘zbekistonda yirik firibgarlikda ayblangan Turkiya fuqarosi Perudan Toshkentga ekstradisiya qilindi

Маълум қилинишича, Интерпол каналлари орқали қидирувга берилган шахс Перудан Ўзбекистонга олиб келинган.

Ishga kiritish, ruxsatnoma olish va nafaqa tayinlash bilan bog‘liq noqonuniy holatlar aniqlandi

Коррупцияга қарши курашиш йўналишида Давлат хавфсизлик хизмати ходимлари томонидан Бош прокуратура ҳузуридаги Департамент ва Ички ишлар органлари билан ҳамкорликда ҳудудларда бир нечта тезкор тадбирлар ўтказилди.

Isroil Livan janubidagi hujumlarni davom ettirmoqda

NNA маълумотига кўра, Исроил ҳарбий самолётлари эрталабдан Кефре ва Жебшитга зарбалар берган.

BMT Xavfsizlik Kengashi BAAga hujumlar bo‘yicha yopiq majlis o‘tkazadi

Бу ҳақда Al Jazeera дипломатик манбага таяниб хабар берди.

Chegarada tunnellar orqali qonunbuzarlikka qarshi javobgarlik kuchaytiriladi

Айниқса, ер остида ноқонуний қурилган туннеллар ёки бошқа инфратузилмалардан фойдаланиб чегарани кесиб ўтиш оғирлаштирувчи ҳолат сифатида белгиланмоқда.

Samarqanddagi «zapravka»da yong‘in chiqdi

Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва етказилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Leningrad viloyatining Kirishi shahridagi neftni qayta ishlash zavodiga hujum qilindi

Ҳужум фонида Пулково аэропорти ишини чеклади, камида 17 та авиарейс кечиктирилди.