Hakan Fidan 5 avgust kuni Misrga tashrif buyuradi

Hakan Fidan 5 avgust kuni Misrga tashrif buyuradi

Turkiya Tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan 5 avgust, dushanba kuni Misrga tashrif buyuradi.

Diplomatik tuzilmalardagi manbalarga ko‘ra, tashrif Misr tashqi ishlar vaziri Bedir Abdulatining taklifiga binoan amalga oshiriladi.

Fidan hamkasbi Abdulati bilan Misr Prezidenti Abdelfattoh as-Sisining Turkiyaga tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tadigan Oliy darajali strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik masalalarini muhokama qiladi.

Uchrashuvda imzolanishi rejalashtirilgan 20 ga yaqin kelishuvlar bo‘yicha mavjud vaziyatga baho beriladi. Turkiya bilan Misr o‘rtasidagi ikki tomonlama siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar yuzasidan fikr almashiladi. Uchrashuvda mintaqadagi vaziyat, shuningdek, energetika, sog‘liqni saqlash, turizm va mudofaa sanoati sohalarida uzoq muddatli hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qilish rejalashtirilgan.

Ikki davlat o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmini 10 milliard dollardan 15 milliard dollarga oshirish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Turkiya Misr bilan madaniyat, ta’lim va ilm-fan sohalarida aloqalarga katta ahamiyat beradi. Universitetlar o‘rtasidagi hamkorlik, ommaviy axborot vositalari va kommunikasiyalar sohasida hamkorlikni kuchaytirish ham kun tartibidan o‘rin olgan.

Turk vazirning ziyorati kun tartibining asosiy bandlari bo‘lgan blokadadagi G‘azo sektoridagi vaziyat, Falastin masalasi va G‘azoga insonparvarlik yordami bilan bir qatorda Liviya, Sudan va Somalidagi voqealarga ham keng qamrovli baho beriladi. .

Fidanning El Arish porti va Rafah nazorat punktini ziyorat qilishi, shuningdek, Turkiyadan insonparvarlik yordami qabul qilingan Misr Qizil Yarim Oy jamiyatining logistika markaziga tashrif buyurishi kutilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!