Hadis sharhi: Ota-onasi hayot bo‘la turib jannatni qo‘ldan boy bergan odam
Abu Hurayradan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: Ota-onasi yoki ulardan biri keksaligida ular bilan birga yashab, do‘zaxga kirgan kishining Burni yerga ishqalsin, burni yerga ishqalsin, burni yerga ishqalsin , dedilar. Sahobalar: Ey Allohning rasuli, kimning? deb so‘rashdi. Shunda U Zot: , dedilar .
Sharh: Demak, ota-ona ulug‘ yoshga kirganlarida, ularning xizmatlarida kamarbasta bo‘lib, roziligini topgan kishi jannatga kiradi. Aks holda do‘zaxga kiritiladi. Ikkovlari bo‘lmasa, bittasi yo ota, yo onasi hayot bo‘lsa ham ana shundaydir.
Bu hadisi sharifda, ota-onaning roziligini topish qanchalik muhim ish ekani ta’kidlanmoqda. Bandaning jannat yoki do‘zaxga kirishiga sabab bo‘ladigan amallardan biri ota-onaga bo‘ladigan munosabat ekani bayon etilmoqda. Ayniqsa, ota-ona keksayganlarida alohida ehtiyotlik bilan ularga yaxshilik qilish payida bo‘lish zarurdir.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Tinglovchining e’tiborini tortish uchun bir ishning oqibatini takror-takror aytish mumkinligi.
2. Olim va rahbar kishidan biror masala oqibati haqidagi gapni eshitganida, bu oqibat kim uchun ekanini so‘rash lozimligi.
3. Ota-onasi bo‘la turib, ularning roziligini topib, jannatga kirishga sazovor bo‘lolmay qolgan odam baxtsiz shaxsligi.