Habib bilan Fergyuson jangi uchun eng qimmat chiptaning narxi qancha?

Habib bilan Fergyuson jangi uchun eng qimmat chiptaning narxi qancha?

UFC yengil vazn toifasidagi mutlaq janglarning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedovning amerikalik aralash uslubdagi MMA jangchisi Toni Fergyuson bilan  bo‘ladigan jangi uchun chiptalarning narxi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda TASS musobaqa tashkilotchilariga tayanib xabar berdi.

Manbaning ta’kidlashicha, eng qimmat chiptaning narxi $11.157 dollarni tashkil qiladi. Bu esa milliy valyutamizda taxminan 106.5 million so‘mni tashkil etadi. UFC klubi a’zolari uchun eng arzon chiptaning narxi $99 dollarni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, sportchilar UFC 249-turniri doirasida 18 aprel kuni AQShning Bruklin shahrida jang o‘tkazadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!