G‘uzor tumanida fuqaroni “Qashqadaryo texnologik transport” AJga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan uchastka boshlig‘i ushlandi

G‘uzor tumanida fuqaroni “Qashqadaryo texnologik transport” AJga ishga kiritib qo‘yishni va’da qilgan uchastka boshlig‘i ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament, DXX va IIBning G‘uzor tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, “Qashqadaryo texnologik transport” AJning yo‘l qurilish uchastkasi boshlig‘i I.Q. fuqaro J.ning ishonchiga kirib, uni ushbu korxonaga ishga kiritib qo‘yish evaziga firibgarlik yo‘li bilan 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!