Gruziya bosh prokurori iste’foga chiqdi

Gruziya bosh prokurori iste’foga chiqdi

Gruziya bosh prokurori Irakliy Shotadze sog‘ligi sababli iste’foga chiqishga qaror qildi.

Bu haqda uning boshqarma tomonidan chop etilgan murojaatida aytilgan.

«Sog‘lig‘im yomonlashgani uchun Gruziya bosh prokurori lavozimini tark etishga qaror qildim, shifokorlar tavsiyalarini inobatga olgan holda men uchun juda qiyin qaror qabul qilishim kerak», — deyiladi murojaatda.

Shotadze 2020 yilning fevralida Gruziya bosh prokurori lavozimiga saylangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!