Grossi: Eronda boyitilgan uran borligi yadroviy qurolga ega degani emas

Grossi: Eronda boyitilgan uran borligi yadroviy qurolga ega degani emas

Eron boyitilgan uranning katta zahiralariga ega ekanligi Tehron yadro quroliga ega ekanligini anglatmaydi, Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) Eronning yadroviy dasturi mavjudligi haqida bilmaydi.

«Report» xabariga ko‘ra, bu haqda agentlik rahbari Rafael Grossi BMT Xavfsizlik kengashi yig‘ilishidan so‘ng ma’lum qilgan.

«Uranning juda yuqori kontsentrasiyasi avtomatik ravishda sizda yadro quroliga ega bo‘lganingizni anglatmaydi. Bayonot qilishda juda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Bizda Eron yadro dasturi borligi haqida hech qanday ma’lumot yoki ko‘rsatma yo‘q», - dedi Grossi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!