Gresiyaning “oltin vizalari” qimmatlashdi

 Gresiyaning “oltin vizalari” qimmatlashdi

1 sentyabrgacha Yevropa Ittifoqiga a’zo bo‘lmagan mamlakatlar fuqarolari sarmoya evaziga Gresiyada yashashga ruxsat olish uchun mamlakatda kamida 250 ming yevrolik ko‘chmas mulk sotib olishlari kerak edi. Endi Afina va Saloniki shaharlarida, shuningdek, Gresiyaning yirik orollarida to‘lovning eng kam miqdor 800 ming yevroga ko‘tarildi. Mamlakatning boshqa hududlari bo‘ylab hozirda bu chegara 400 ming yevroni tashkil etmoqda.

2023 yilning mart oyida Portugaliya tomonidan “oltin vizalar” bekor qilingan edi. Bu davlatda ilgari 500 ming yevro va undan ko‘p sarmoya bilan yashash uchun ruxsatnoma olish mumkin edi. Lissabon bu qarorni boshqa jihatlar qatori, “oltin vizalar” oluvchilarning sarmoyasi ko‘pincha shubhali manbalardan kelishi bilan izohladi.

Gresiyaning “Oltin viza”si uni olgan shaxs va uning bevosita qarindoshlariga mamlakatda 5 yil davomida yashash uchun ruxsatnoma olish, mulklarni ijaraga berish imkonini beradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!