Gollivud yulduzi pandemiya paytida eri tomonidan kaltaklanganligini ma’lum qildi

Gollivud yulduzi pandemiya paytida eri tomonidan kaltaklanganligini ma’lum qildi

Gollivud aktrisasi Kristina Richchi karantin uning oilasiga yomon ta’sir qilganini, izolyasiya paytida esa eri tomonidan kaltaklanganligini ma’lum qildi.

Bu haqda “TMZ” tomonidan xabar berilgan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aktrisa endilik nafaqat o‘zining, balki o‘g‘lining hayotidan ham qo‘rqmoqda.

Ta’kidlanishicha, Richchi o‘tgan yilning iyul oyida eri, aktyor Jeyms Xeerdegen bilan ajrashish to‘g‘risida ariza bergan. O‘zining qonuniy da’vosida, aktrisa janjallarning birida erining unga tupurganligini aytgan.

Aktrisaning qayd etishicha, shunga o‘xshash bezorilik harakatlari 2019 yilning dekabridan boshlangan.

Shuningdek, hujjatlarda ma’lum qilinishicha, Jeyms o‘tgan yilning iyun oyida Richchiga ikki marta hujum qilgan va janjaldan so‘ng favqulodda xizmatlarga qo‘ng‘iroq qilishiga to‘sqinlik qilgan. Bundan tashqari, Jeyms aktrisani o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.

Sud qarori bilan Jeymsning aktrisaga 90 m dan yaqinroq yaqinlashishi taqiqlangan.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!