G‘ijduvon tumanida fuqaroning 1000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

G‘ijduvon tumanida fuqaroning 1000 AQSh dollarini qo‘lga kiritgan firibgar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning G‘ijduvon tuman bo‘limi tomonidan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro A.Q. fuqaro N.Q.ning ishonchiga kirib, uning “Volvo” rusumli yuk avtotransport vositasini siqilgan gazga (metan) qayta jihozlash uchun tanishlari yordamida ruxsatnoma olib berish evaziga 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlanib, shundan 200 AQSh dollarini A.Q. o‘z aybiga iqror bo‘lib qaytarganligi prosessual tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!