Gersoginya Keyt Middlton “qovun tushirdi”(mi?)

Gersoginya Keyt Middlton “qovun tushirdi”(mi?)

Yaqinda Keyt Middlton Londondagi bolalar markaziga tashrif buyurdi. Har doimgiday, Kembrij gersoginyasi ajoyib ko‘rinishda edi. Lekin g‘alati narsa yuz berdi...

 

Fuqarolar esa nima bo‘lganini payqadilar. Qirollik oilasining a’zosi Gucci brendi tomonidan tayyorlangan bluzkani teskari kiyib olgandi.

 

Bundan ko‘pchilik hayratda tushdi. Vaholanki, Gersoginya xonim zamonaviy va bejirim uslubning ramzi hisoblanadi. Bundan tashqari, Keyt avval hech ham kiymagan shimda omma oldida namoyon bo‘ldi.

 

Ba’zi inglizlar Keytning ataylab bluzkani teskari kiyganligini aytishmoqda. Chunki Gucci tomonidan tayyorlangan libosning bichimi shunday ko‘rinishga ega.

 

Nima bo‘lishidan qat’i nazar, Keyt Middlton bolalar bilan yaxshi vaqt o‘tkazardi va ayni paytda ota-onalari bilan suhbatlashdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!